QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят44

وَإِنَّهُۥ لَذِكْرٌ لَّكَ وَلِقَوْمِكَ ۖ وَسَوْفَ تُسْـَٔلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, u(Qur'on) senga ham, qavmingga ham sharafdir. Va, albatta, so`ralursizlar.Албатта, у(Қуръон) сенга ҳам, қавмингга ҳам шарафдир. Ва, албатта, сўралурсизлар.Alauddin Mansour: Albatta u (Qurʼon) siz uchun ham, qavmingiz-ummatingiz uchun ham bir sharafdir va yaqinda (Qiyomat Kunida bu neʼmati ilohiyya xususida) soʻralursizlar.Албатта у (Қуръон) сиз учун ҳам, қавмингиз-умматингиз учун ҳам бир шарафдир ва яқинда (Қиёмат Кунида бу неъмати илоҳийя хусусида) сўралурсизлар.

492-sahifa · 25-juz · 50-hizb492-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّهُۥva albatta, uва албатта, уلَذِكْرٌۭalbatta, sharafdirалбатта, шарафдирلَّكَsengaсенгаوَلِقَوْمِكَ ۖva qavminggaва қавминггаوَسَوْفَva yaqindaва яқиндаتُسْـَٔلُونَsoʻralursizlarсўралурсизлар
TafsirТафсир

Ey Muhammad, hech shubha yoʻqki, albatta, senga tushirilgan Qurʼon sen uchun shon-sharafdir, shuningdek, sening qavmingga ham shon-sharafdir.

Darhaqiqat, Qurʼoni Karim Muhammad sollallohu alayhi vasallamga shonu sharaf boʻldi. Ushbu abadiy ilohiy moʻʼjiza boʻlmish Qurʼon u zoti bobarakotning zikrlarini butun olamga taratdi, butun olamda millionlab odamlarni u zotga ummat qildi. Sonsiz- sanoqsiz moʻmin-musulmonlar tomonidan doimiy ravishda u zot sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar aytilib turishiga13–3316 sabab boʻldi.

Shuningdek, Qurʼoni Karim Muhammad sollallohu alayhi vasallam qavmlariga ham shonu sharaf keltirdi. Ular Qurʼon ummati oʻlaroq butun dunyoga tanildilar. Qurʼonga amal qilaroq dunyoning peshqadam ummatiga aylandilar. Dunyodagi barcha xalqlar ularga havas bilan qaraydigan boʻldi. Ular oyatdagi:

«...va albatta, soʻralursizlar» jumlasini his etib yashaganlari, Qurʼon orqali oʻzlariga yuklatilgan masʼuliyatni bajarishga sid-qidildan harakat qilganlari uchun, Qurʼon ularga shonu sharaf boʻldi.

Ammo, vaqt oʻtishi bilan, afsuski, bu his susaydi. Qavm asta- sekin Qurʼondan chetladi. Ustiga yuklangan masʼuliyatdan qavm oʻzini tortdi. Buning natijasi oʻlaroq, ular dunyo xalqlari safining oxiriga tushib qoldilar. Qurʼon ham ularga shon-sharaf keltirmay qoʻydi. Endi bu qavm shon-sharafga faqat Qurʼon orqaligina erishishi mumkinligini tushunib yetishi kerak. Qurʼonni ularga shonu sharaf qilib bergan zot–Alloh tomonidan tezda keladigan qiyomat kunida albatta soʻralishlarini chuqur his etishlari kerak. Bu his esa, oʻz navbatida, ularni jiddiy amalga chorlashi kerak.

Endi, yana mushriklar masalasiga qaytiladigan boʻlsa, ularning soxta xudolarini rad etishing yangilik emas. Ey Muhammad, sendan oldingi barcha Paygʻambarlar Allohning sherigi borligini inkor qilishgan: