وَسْـَٔلْ مَنْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رُّسُلِنَآ أَجَعَلْنَا مِن دُونِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ءَالِهَةً يُعْبَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan oldin Biz yuborgan Payg`ambarlarimizdan so`ra: Rohmandan boshqa ibodat qilinadigan ilohlar qilgan ekanmizmi?!Сендан олдин Биз юборган Пайғамбарларимиздан сўра: Роҳмандан бошқа ибодат қилинадиган илоҳлар қилган эканмизми?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizdan ilgari yuborgan paygʻambarlardan soʻrab (yaʼni, ular keltirgan diniy taʼlimotlarni oʻrganib) boqing-chi, Biz Rahmondan (yaʼni, Oʻzimizdan) oʻzga ibodat qilinadigan «iloh»lar qilganmikanmiz?! (Yoʻq, barcha paygʻambarlar yolgʻiz Allohga ibodat qilishga daʼvat etgandirlar)!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сиздан илгари юборган пайғамбарлардан сўраб (яъни, улар келтирган диний таълимотларни ўрганиб) боқинг-чи, Биз Раҳмондан (яъни, Ўзимиздан) ўзга ибодат қилинадиган «илоҳ»лар қилганмиканмиз?! (Йўқ, барча пайғамбарлар ёлғиз Аллоҳга ибодат қилишга даъват этгандирлар)!
Dunyo tarixida hech bir Paygʻambar Allohdan boshqaga ibodat etishga chaqirgan emas.
Dunyoda hech bir Paygʻambar Allohdan boshqa ilohga ibodat qilgan ham emas.
Dunyoda oʻtgan hamma Paygʻambarlar faqat Rohman sifatli Alloh taologagina ibodat qilganlar va odamlarni ham faqat Allohning Oʻzigagina ibodat qilishga chaqirganlar.
Yuqorida zikr etilganidek, mushriklar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklariga u zotning kambagʻalliklari uchun, mansabdor boʻlmaganlari uchun ishonishmagan va Paygʻambarlikka Makka yoki Toifdagi boy-badavlat qabila boshliqlaridan birini tavsiya qilishgandi. Oʻshanda oyatlar orqali kerakli javob berilgan edi. Yurtlarni iymon nuri bilan munavvar qilish, bandalarni johiliyat zulmidan ozod etish, barcha avlodlarni zalolat botqogʻidan hidoyat choʻqqisiga olib chiqish uchun, maiyshatga berilgan, molu dunyo toʻplashni yaxshi biladigan odam emas, oliy axloqli, maʼnaviy jihatdan boy, sof qalbli, sabr-bardoshli odamlar kerakligi uqtirilgan edi.
Endigi oyatlarda esa, oʻsha masalaga jonli misol tariyqasida tarixda boʻlib oʻtgan bir voqea–Muso alayhissalom bilan Firʼavn qissasi keltiriladi.
Firʼavn qandaydir qabilaning raisi emas, Misrdek qadimiy madaniyatlar beshigi boʻlgan buyuk bir davlatning podshohi edi. Molu mulkda, izzat-hurmatda hech bir odam unga teng kela olmasdi. Ammo, Alloh taolo Paygʻambarlikni Firʼavnga emas, hech narsasi yoʻq, qabilasi Firʼavnga xizmatkor boʻlgan, goʻdakligida faqat Allohning inoyati bilangina oʻlimdan qutulib qolgan Muso alayhissalomga berdi. Endi Muso alayhissalom podshoh Firʼavnni yoʻlga boshlashlari kerak edi.