وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَقَالَ إِنِّى رَسُولُ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Musoni O`z oyat(mo`'jiza)larimiz ila Fir'avnga va uning a'yonlariga yubordik. Bas, u: «Albatta, men olamlar Robbining Payg`ambaridirman», dedi.Батаҳқиқ, Биз Мусони Ўз оят(мўъжиза)ларимиз ила Фиръавнга ва унинг аъёнларига юбордик. Бас, у: «Албатта, мен оламлар Роббининг Пайғамбаридирман», деди.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz Musoni Oʻz oyat-moʻʼjizalarimiz bilan Firʼavn va uning odamlariga yubordik. Bas, u: «Albatta men barcha olamlar Parvardigorining paygʻambaridirman», dedi.Аниқки, Биз Мусони Ўз оят-мўъжизаларимиз билан Фиръавн ва унинг одамларига юбордик. Бас, у: «Албатта мен барча оламлар Парвардигорининг пайғамбаридирман», деди.
Yaʼni, Biz Musoni uning Paygʻambarligini tasdiqlovchi Oʻz oyat (moʻʼjiza)larimiz ila Misr podshohi Firʼavnga va uning aʼyonlari oldiga yubordik. Muso ularning oldiga borib:
«Albatta, men olamlar Robbining Paygʻambaridirman», dedi».
Yaʼni, ularga oʻzining Alloh tomonidan Paygʻambar qilib yuborilganini aytdi. Ularga oʻzining haq Paygʻambar ekanligini tasdiqlovchi moʻʼjizalar koʻrsatdi.