وَمَا نُرِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ إِلَّا هِىَ أَكْبَرُ مِنْ أُخْتِهَا ۖ وَأَخَذْنَـٰهُم بِٱلْعَذَابِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularga qaysi bir oyat (mo`'jiza)ni ko`rsatsak ham, albatta, u o`z sherigidan kattaroq bo`lar edi. Shoyad, (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik.Биз уларга қайси бир оят (мўъжиза)ни кўрсатсак ҳам, албатта, у ўз шеригидан каттароқ бўлар эди. Шояд, (хатоларидан) қайтсалар, деб уларни азоб-ла тутдик.Alauddin Mansour: Biz ularga (toʻfon, chigirtka balolari kabi azob oyatlaridan) biron oyat koʻrsatsak, albatta u (oʻzidan avvalgi) sherigidan ulugʻroq-dahshatliroq oyat boʻlur edi. Shoyad (kufrdan iymonga) qaytsalar, deb Biz ularni (turli) azob bilan ushladik.Биз уларга (тўфон, чигиртка балолари каби азоб оятларидан) бирон оят кўрсатсак, албатта у (ўзидан аввалги) шеригидан улуғроқ-даҳшатлироқ оят бўлур эди. Шояд (куфрдан иймонга) қайтсалар, деб Биз уларни (турли) азоб билан ушладик.
Alloh taolo Muso alayhissalomga toʻqqizta moʻʼjiza–qoʻl, aso, toʻfon, chigirtka, bit, baqalar, qon, ochlik yillari va mevalar nuqsonini bergan edi. Firʼavn va uning qavmiga bu moʻʼjizalarning hammasi birin-ketin koʻrsatildi. Har bir moʻʼjiza oʻzidan oldingisiga nisbatan kuchliroq, muddatliroq boʻldi. Chunki, har bir moʻʼjizadan keyin kofir qavmning inkori yangilanar, kuchayar edi.
Shu bilan birga, Alloh taolo ularni azob ila ushlab ham turar edi. Bundan, shoyad, bu qavm oʻziga kelib, xatolaridan qaytib, toʻgʻri yoʻlga tushsalar, degan maqsad koʻzlanar edi.
Ammo bunday boʻlmadi. Mazkur kofir qavm oʻzini teskari tutdi. Azob kelgan vaqtda: