وَقَالُوا۟ يَـٰٓأَيُّهَ ٱلسَّاحِرُ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ إِنَّنَا لَمُهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan bo`lamiz», dedilar.Улар: «Эй сеҳргар! Сенга берган аҳдига биноан, биз учун Роббингга дуо қил! Албатта, биз ҳидоят топгувчилардан бўламиз», дедилар.Alauddin Mansour: Ular (Bizning oyatlarimizni koʻrishgach, Musoga): «Ey sehrgar, senga bergan (duoyingni mustajob qilishi xususidagi) vaʼdasi haqqi-hurmati Parvardigoringga bizlar uchun duo qil. (Agar U sening duoying sababli bizlardan bu azoblarni aritsa) albatta bizlar hidoyat topguvchidirmiz (yaʼni, oʻsha Allohga iymon keltirguvchidirmiz)», dedilar.Улар (Бизнинг оятларимизни кўришгач, Мусога): «Эй сеҳргар, сенга берган (дуойингни мустажоб қилиши хусусидаги) ваъдаси ҳаққи-ҳурмати Парвардигорингга бизлар учун дуо қил. (Агар У сенинг дуойинг сабабли бизлардан бу азобларни аритса) албатта бизлар ҳидоят топгувчидирмиз (яъни, ўша Аллоҳга иймон келтиргувчидирмиз)», дедилар.
Ushbu oyatdan Firʼavn va uning qavmi naqadar ashaddiy kofir ekanligi bilinib turibdi. Ular boshlariga azob tushganida nochor qolib, Muso alayhissalomga murojaat qilishga majbur boʻlmoqdalar. Muso alayhissalom Robbilariga duo qilsalar, azobdan xalos boʻlishlarini ham bilib turibdilar. Alloh taolo Muso alayhissalomga ahd berganini ham yaxshi biladilar. Ammo shunday boʻlsa ham,
«Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil!» – demoqdalar.
«Ey Muso!» yoki «ey Paygʻambar!» deyishga tillari bormayapti, boʻyinlari yor bermayapti.
«Albatta, biz hidoyat topguvchilardan boʻlamiz», dedilar.»
Yaʼni, avval azobni bizdan koʻtarasan, keyin hidoyatga yuramiz, dedilar. Aslida, moʻʼjizani koʻrdik, azobni totdik, bas, sen haq ekansan, biz iymon keltirdik, deyishlari lozim edi. Buni ham, oʻzlari aytganlarini ham qilmadilar.