فَلَوْلَآ أُلْقِىَ عَلَيْهِ أَسْوِرَةٌ مِّن ذَهَبٍ أَوْ جَآءَ مَعَهُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ مُقْتَرِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga tillodan bo`lgan bilakuzuklar tashlansa yoki u bilan birga farishtalar hamroh bo`lib kelsa bo`lmas edimi?!» – deb nido qildi.Унга тиллодан бўлган билакузуклар ташланса ёки у билан бирга фаришталар ҳамроҳ бўлиб келса бўлмас эдими?!» – деб нидо қилди.Alauddin Mansour: Bas, unga (Musoga osmondan xuddi podshohlarning boʻyniga gulchambar tashlanganidek) oltindan boʻlgan bilaguzuklar tashlanganida edi yoki u bilan birga farishtalar hamroh boʻlib kelganida edi (uning paygʻambarligiga ishonsanglar boʻlar edi. Undoq boʻlmagach, nega unga iymon keltirasizlar)?!»Бас, унга (Мусога осмондан худди подшоҳларнинг бўйнига гулчамбар ташланганидек) олтиндан бўлган билагузуклар ташланганида эди ёки у билан бирга фаришталар ҳамроҳ бўлиб келганида эди (унинг пайғамбарлигига ишонсанглар бўлар эди. Ундоқ бўлмагач, нега унга иймон келтирасизлар)?!»
Podshohligi, molu mulki, imkoniyatlaridan magʻrur boʻlgan Firʼavn oʻz odamlarining Muso alayhissalom tomonga ogʻib ketishidan qoʻrqib, oʻzicha afzal deb bilgan sifatlarini zikr qilib, qavmning ixlosini orttirmoqchi boʻldi. Firʼavn qavmiga Misrning mulku sultoni oʻziniki ekanini aytdi.
«Firʼavn oʻz qavmiga: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?! Koʻrmayapsizlarmi?!»
Firʼavndek Misr podshohini qoʻyib, Musoga ergashib ketmaslikka targʻib qilmoqchi boʻldi. Firʼavn qavmining eʼtiborini ostidan oqib turgan anhorlarga ham qaratdi. Bu narsalar ham oʻziniki ekanini aytib, qavmni oʻziga jalb qilmoqchi boʻldi.
Bechora firʼavnlarning bundan boshqa choralari ham yoʻq. Ular doimo odamlarni oʻz hukmlariga yuritishga, molu dunyolari bilan chalgʻitib oʻzlariga tobeʼ qilishga urinadilar. Odamlarga bari yaxshilik molu mulkda, nozu neʼmatda, deb tushuntirishga harakat qiladilar. Ayni choqda, hidoyat daʼvatchisini xoru zor, haqir holda koʻrsatishga intiladilar. Mana, Firʼavn ham Muso alayhissalomni obroʻsizlantirishga urinib, dedi:
«Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?»
Firʼavnning bu gapidan, avvalo, uning naqadar ahmoq ekanligi, ikkinchidan, Alloh taolo shu darajada esipast odamga ham katta bir yurtning podshohligini, mulku sultonini, molu dunyoni berib qoʻyishi mumkinligi koʻrinib turibdi.
Hokim va mulkdorlarning din yoʻliga yurmasligining sabablaridan biri–daʼvatchining oʻzidan ustun boʻlib qolishidan qoʻrqishidir. Firʼavnning gaplarida shu maʼno bor. Firʼavn hamma narsada oʻzini ustun qoʻyib oʻrganib qolgan. Boshqa bir odam oʻzidan ustun boʻlishini, unga taʼlim va koʻrsatmalar berishini koʻtara olmaydi. Shuning uchun, Firʼavn Muso alayhissalom shaxslarini yerga urib, oʻz shaxsini yuqori qoʻyishga urinmoqda.
Firʼavn oʻzini maqtab, daʼvatchini yerga urishda har qanaqa pastkashlikdan ham qaytmaydi. Zarracha odamiyligi, ozgina insofi bor odam Firʼavning ishini aslo qilmaydi. Ammo Firʼavndan har ishni kutish mumkin.
Insoniy muruvvat, insof va juvonmardlik raqibining jismoniy nuqsonlarini ovoza etishni taqozo qilmaydi. Oʻzini er bilsa, oʻzgani sher bilishga chaqiradi. Ammo Firʼavn Muso alayhissalomning tilidagi ozgina duduqlanishni ayb sanadi. Insoniylik darajasi boʻyicha asosiy mezon qilib:
«Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?» dedi.
Soʻngra esa, yana ham pastlashib, oʻzaro tafovutni tillodan boʻlgan zebu ziynat bilan farqlamoqchi boʻldi:
«Unga tillodan boʻlgan bilakuzuklar tashlansa...» boʻlmas edimi,dedi.
Tabiiyki, iymonsiz podshohlar zaru kimxoblarga burkangan boʻladilar. Ular oʻsha zaru kimxoblarni oʻzlarining afzalliklari deb biladilar. Falonchi mendan past, chunki mening kiyimim va zebu ziynatim unikidan yaxshiroq, ustunroq, deb yuradilar. Albatta, Allohning diniga chaqiruvchi shaxsda zaru kimxob ham, tillo-kumush ham boʻlmaydi. Afzallikni tillo-kumush bilan oʻlchagan Firʼavn esa, Muso oʻzi daʼvo qilayotgandek Paygʻambar boʻlsa, uni Paygʻambar qilgan xudosi unga osmondan tillo bilakuzuklar tushirib bermasmidi, deb oʻzini yuqori koʻrsatmoqchi boʻladi.
Firʼavnlarning ahmoqliklaridan yana biri, Allohning diniga chaqiruvchi kishilar oddiy inson emas, qandaydir gʻayritabiiy odam, balki farishta, hech boʻlmaganda farishta bilan birga yuradigan boʻlishi kerak, deb oʻylashlaridir.
Shuning uchun ham, Firʼavn soʻzi davomida:
«...yoki u bilan birga farishtalar hamroh boʻlib kelsa boʻlmas edimi?!»–demoqda.
Sirtdan qaraganda, maʼqul gap. Birov Allohning diniga chaqirib tursa, U zotning kalomini yetkazib tursa, albatta, unda oddiy odamlarda uchramaydigan gʻaroyib holatlar boʻlish kerak-da! Lekin Allohning dini gʻaroyib maxluqotlarga emas, oddiy odamlarga yuborilganku! Oʻsha oddiy odamlarga yuborilgan dinni, ularga oʻxshash oddiy odam qabul qilib olib, oʻz hayoti misolida koʻrsatib berishi kerak-ku! Bu oddiy va mantiqiy haqiqatni firʼavnlar tushunmaydilar yoki tushunishni xohlamaydilar. Ular nima qilib boʻlsa ham, xalqni laqillatsalar bas. Ular nima qilib boʻlsa ham, xalqni oʻz yoʻllariga yuritsalar boʻldi.
Firʼavn ham yuqoridagi gaplar bilan maqsadiga erishdi.