QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят55

فَلَمَّآ ءَاسَفُونَا ٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَـٰهُمْ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachonki ular Bizni darg`azab qilishgach, ulardan intiqom oldik — ularning barchalarini jamlab, g`arq qildik.Бас, қачонки улар Бизни дарғазаб қилишгач, улардан интиқом олдик — уларнинг барчаларини жамлаб, ғарқ қилдик.Alauddin Mansour: Endi qachonki ular Bizni dargʻazab qilishgach, Biz ulardan intiqom oldik — ularning barchalarini (dengizga) gʻarq qilib yubordik.Энди қачонки улар Бизни дарғазаб қилишгач, Биз улардан интиқом олдик — уларнинг барчаларини (денгизга) ғарқ қилиб юбордик.

493-sahifa · 25-juz · 50-hizb493-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّآbas, qachonkiбас, қачонкиءَاسَفُونَاBizni dargʻazab qilishgachБизни дарғазаб қилишгачٱنتَقَمْنَاintiqom oldikинтиқом олдикمِنْهُمْulardanуларданفَأَغْرَقْنَـٰهُمْbas, ularni gʻarq qildikбас, уларни ғарқ қилдикأَجْمَعِينَbarchalariniбарчаларини
TafsirТафсир

Yaʼni, Firaʼvn va uning qavmi oʻzlarining mazkur kufrlari va notoʻgʻri tasarruflari bilan gʻazabimizni keltirgach:

«...ulardan intiqom oldik – ularning barchalarini jamlab gʻarq qildik».

Firaʼvn oʻz odamlari bilan Muso alayhissalom va u kishining qavmini quvlaganida, Bani Isroil Muso alayhissalom boshchiligida Allohning yordami ila Qizil dengizni kesib oʻtdi. Firʼavn ularni tutish niyatida ortlaridan dengizga tushganida Alloh taolo uni odamlari bilan jamlab dengizga gʻarq qildi.

«Bas, ularni oʻtmishga aylantirdik va keyingilarga misol qilib qoʻydik.»

Inson oʻlganidan keyin oʻtmishga aylanadi. Oʻlim esa, hammaning boshida bor. Shuning uchun, Firʼavn va uning qavmiga oʻxshamasdan, har bir inson oʻz oʻlimini oʻylab ish qilishi kerak.

Alloh taolo Firʼavn va uning odamlarini boshqalarga misol qilib qoʻyganini sharhlab oʻtirishning xojati yoʻq. Butun dunyoda Firʼavn haddan oshib, tugʻyonga ketgan, dunyoda Allohning emas, mening aytganim boʻlishi kerak, deydigan hokim va podshohlarning timsoli boʻlib qolgan. Qaysi bir podshoh yoki hokim zolim boʻlsa, tugʻyonga ketsa, diniy burchlarini ado etmasa, «Firʼavn» nomini oladi. Uning oxir-oqibatda sharmandalarcha halok boʻlishi kutiladi. Bunday zolimlarga Firʼavn va uning odamlari misol qilib keltiriladi.

Ha, Firʼavn va uning odamlari qissasi insoniyat uchun ajoyib bir misoldir. Eng ajoyib joyi shuki, oʻsha Firʼavn ham, boshqa oyatda keltirilganidek, oʻlayotib iymon keltirgan. Ammo bunday iymon foyda bermasligi aniq.

Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Firʼavnni gʻarq etgach, u tavhid kalimasini aytayotganda, Jabroil alayhissalom suv ostida oʻrnashib qolgan loyqa balchiqdan olib uning ogʻziga tiqa boshlaganlar. Soʻng Firʼavnning jasadini toʻlqin tashqariga otgan. Odamlar xudolik daʼvosini qilgan zolim podshohning aʼzoi badaniga dengiz oʻt-oʻlanlari yopishgan, ogʻziga balchiq toʻlgan holda oʻlib yotganini koʻrganlar.

Unga podshohligi ham, molu mulki ham, tillo bilakuzuklari ham, askarlari ham yordam bera olmagan.

Shu bilan sura siyoqiga mos etib keltirilgan Muso alayhissalom qissalari tamom boʻladi. Endigi oyatlarda Iyso alayhissalom qissalari keltiriladi. Bu qissa oʻzidan oldingi qissaga oʻxshab, oʻtgan oyatlardagi maʼnolarga jonli misol oʻlaroq keltirilgandir.

Oʻtgan oyatlarda mushriklar farishtalarni Allohning qizlari deb eʼtiqod etishlari va ularga ibodat qilishlari haqida soʻz ketgan edi. Buzilgan eʼtiqodli masiyhiylar ham Iyso alayhissalomni Allohning oʻgʻli deb eʼtiqod etib, u kishiga ibodat qilishadi. Har ikki eʼtiqod va ibodat ham botil ekanini bayon qilish maqsadida Iyso alayhissalom qissalari keltiriladi.

Ey Muhammad!