QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят57

۞ وَلَمَّا ضُرِبَ ٱبْنُ مَرْيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوْمُكَ مِنْهُ يَصِدُّونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibn Maryam misol keltirilgan chog`da sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar.Ибн Марям мисол келтирилган чоғда сенинг қавминг бирдан шодланиб қичқирурлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), kachonki (Iyso) binni Maryam misol keltirilsa, banogoh qavmingiz (bu misoldan shodlanib) qichqira boshlaydilar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), качонки (Ийсо) бинни Марям мисол келтирилса, баногоҳ қавмингиз (бу мисолдан шодланиб) қичқира бошлайдилар.

493-sahifa · 25-juz · 50-hizb493-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَلَمَّاva qachonkiва қачонкиضُرِبَmisol keltirilgan choqdaмисол келтирилган чоқдаٱبْنُoʻgʻliўғлиمَرْيَمَMaryamМарямمَثَلًاmisol qilibмисол қилибإِذَاbirdanбирданقَوْمُكَsening qavmingсенинг қавмингمِنْهُundanунданيَصِدُّونَshodlanib qichqirurlarшодланиб қичқирурлар
TafsirТафсир

Bu oyatni toʻliq tushunish uchun mufassirlarimiz hayotda boʻlib oʻtgan hodisani keltiradilar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam mushriklarga «Anbiyo» surasidagi «Albatta, sizlar va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam oʻtin-toshidirsiz. Sizlar unga kirguvchidirsiz» oyatini tilovat qilganlarida, Abdulloh ibn az-Zabʼariy at-Tamimiy ismli mushrik:

«Bu biz va bizning olihalarimiz uchunmi yoki hamma ummatlar uchunmi?»–deb soʻragan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«U siz uchun, olihalaringiz uchun va hamma ummatlar uchun», deb javob berganlar. U:

«Shubhasiz, endi seni yengdim, Kaʼbaning Robbiga qasam! Nasorolar Masiyhga ibodat qilmaydilarmi? Yahudiylar Uzayrga ibodat qilmaydilarmi? Bani Fulon farishtalarga ibodat qilmaydilarmi?! Agar ana oʻshalar ham jahannamga tushsalar, bizning va olihalarimizning jahannamda boʻlishiga rozimiz», dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vahiy nozil boʻlishini kutib biroz jim qoldilar. Mushriklar esa, Abdulloh ibn az-Zabʼariy yutib chiqdi, deb oʻylab, shodlanib kulishdi, baqir-chaqir qilib shovqin koʻtarishdi. Shunda Alloh taolo: «Albatta, Bizdan ularga oldin goʻzal soʻz oʻtganlar u(jahannam)dan uzoqlashtirilgandirlar», oyatini tushirdi.

Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:

«Ibn Maryam misol keltirilgan choqda sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar» oyati bilan oʻsha hodisani yodga solmoqda va buni Iyso alayhissalom haqlarida bahs yuritish uchun muqaddima qilmoqda. Shuning uchun ham, keyingi oyatda mushriklarning Iyso alayhissalom haqlarida aytgan gaplari keltiriladi va oyat davomida mushriklarning asl qiyofalari fosh etiladi.