QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят58

وَقَالُوٓا۟ ءَأَـٰلِهَتُنَا خَيْرٌ أَمْ هُوَ ۚ مَا ضَرَبُوهُ لَكَ إِلَّا جَدَلًۢا ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ خَصِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» – dedilar. Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar. Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.Улар: «Бизнинг олиҳаларимиз яхшими ёки уми?» – дедилар. Улар уни сенга фақат талашиб-тортишиш учунгина мисол келтирдилар. Зеро, улар хусуматчи қавмдирлар.Alauddin Mansour: Ular: «Bizlarning ilohlarimiz yaxshiroqmi yoki umi (yaʼni, Iysomi?!) dedilar. Ular (bu misolni) sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir ular xusumatchi-urushqoq qavmdirlar!Улар: «Бизларнинг илоҳларимиз яхшироқми ёки уми (яъни, Ийсоми?!) дедилар. Улар (бу мисолни) сизга фақат талашиб-тортишиш учунгина келтирдилар. Ахир улар хусуматчи-урушқоқ қавмдирлар!

493-sahifa · 25-juz · 50-hizb493-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوٓا۟va ular dedilarва улар дедиларءَأَـٰلِهَتُنَاbizning olihalarimizmiбизнинг олиҳаларимизмиخَيْرٌyaxshiяхшиأَمْyokiёкиهُوَ ۚumiумиمَاemasэмасضَرَبُوهُuni misol keltirdilarуни мисол келтирдиларلَكَsengaсенгаإِلَّاfaqatфақатجَدَلًۢا ۚtalashib-tortishish uchunginaталашиб-тортишиш учунгинаبَلْbalkiбалкиهُمْularуларقَوْمٌqavmdirlarқавмдирларخَصِمُونَxusumatchiхусуматчи
TafsirТафсир

Mushriklar Iyso alayhissalomni nasorolar xudo sanab ibodat etishlarini misol sifatida keltirib, oʻzlarining Allohdan boshqa ilohlarga ibodat qilishlari toʻgʻri ekanini isbotlamoqchi boʻladilar.

«Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» – dedilar.»

Yaʼni, bizning xudolarimiz yaxshimi yoki Iyso yaxshimi, dedilar. Ularning bu savolidan ikki xil maʼno chiqadi. Birinchisi, Iysodek zot jahannamga kiradigan boʻlsa, bizning olihalarimiz ham tushsa nima boʻlibdi?! Ikkinchisi, nasorolar Iysoga ibodat qilsa, bizning baʼzilarimiz farishtalarga sigʻinamiz. Farishtalar yaxshiroqmi, Iyso yaxshiroqmi, degan maʼno chiqadi.

Oyatning davomida mushriklarning bu tasarruflarining asl mohiyati fosh etiladi:

«Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar».

Aslida esa, «Albatta, sizlar va Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam oʻtin-toshidirsiz» oyatidan koʻzlangan maqsadni yaxshi bilishadi. Shuningdek, Iyso alayhissalom oʻzlarini xudo demaganlarini ham aniq bilib turishadi. Lekin mushriklarning tabiatlari buzuqligi uchun boʻlar-boʻlmas bahonalar topib xusumat qoʻzgʻayveradilar.

«Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.»

Xusumatchilik juda yomon odat boʻlgani uchun ham, Islomda undan chetlashish har bir musulmonga qattiq tayinlanadi.

Ibn Jarir Tobariy Abu Usoma roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir guruh odamlar oldiga chiqqanlarida, ular Qurʼon haqida tortishib oʻtirgan edilar. Ul zot qattiq gʻazablandilar. Xuddi, yuzlariga sirka quyib yuborilgandek boʻlib ketdilar. Soʻngra: «Allohning kitobining baʼzisi bilan baʼzisini urmanglar! Faqat talashib-tortishishga mubtalo boʻlgan qavmgina zalolatga ketgandir», deb: «Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar», oyatini tilovat qildilar».

Endigi oyatda Alloh taolo Iyso alayhissalom haqiqatlarini bayon qiladi: