QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят65

فَٱخْتَلَفَ ٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْ عَذَابِ يَوْمٍ أَلِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularning orasidan firqalar ixtilof qildilar. Zulm qilganlar holiga alamli kun azobidan voy bo`lsin!Бас, уларнинг орасидан фирқалар ихтилоф қилдилар. Зулм қилганлар ҳолига аламли кун азобидан вой бўлсин!Alauddin Mansour: Soʻng (Nasroniylarning ichidan chiqqan) firqalar (Iyso xususida, ayrimlari uni «xudo», deb, ayrimlari «Xudoning oʻgʻli, deb) oʻzaro ixtilof qildilar. Bas, u zolim kimsalarga alamli Kun (Qiyomat)ning azobi — halokat boʻlgay!Сўнг (Насронийларнинг ичидан чиққан) фирқалар (Ийсо хусусида, айримлари уни «худо», деб, айримлари «Худонинг ўғли, деб) ўзаро ихтилоф қилдилар. Бас, у золим кимсаларга аламли Кун (Қиёмат)нинг азоби — ҳалокат бўлгай!

494-sahifa · 25-juz · 50-hizb494-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱخْتَلَفَbas, ixtilof qildilarбас, ихтилоф қилдиларٱلْأَحْزَابُfirqalarфирқаларمِنۢ-dan-данبَيْنِهِمْ ۖularning orasiуларнинг орасиفَوَيْلٌۭbas, voy boʻlsinбас, вой бўлсинلِّلَّذِينَ-larga-ларгаظَلَمُوا۟zulm qilganlarзулм қилганларمِنْ-dan-данعَذَابِazobidanазобиданيَوْمٍkunningкуннингأَلِيمٍalamliаламли
TafsirТафсир

Maʼlumki, Iyso alayhissalom Bani Isroilga Paygʻambar qilib yuborilgan edilar. Ul zot Bani Isroilga ularning Muso alayhissalom shariati xususidagi ixtiloflariga barham berish, yagona Allohning ibodatiga chaqirish uchun hikmat ila kelgan edilar. Ammo, ular bu chaqiriqqa munosib javob bermadilar. Balki Iyso alayhissalomga qarshi chiqdilar. Ul zot alayhissalomdan keyin esa, u kishining shaxslari haqida ham ixtilofga tushdilar. Baʼzilari, Iyso xudodir, desa, boshqalari, Iyso Allohning oʻgʻlidir, dedi. Baʼzilari, Iyso muqaddas uchlikning biridir, dedi. Shunga oʻxshab turli firqalarga boʻlinib olib, hozirgacha ixtilof qilib kelmoqdalar.

«Zulm qilganlar holiga alamli kun azobidan voy boʻlsin!»

Ha, ular Iyso alayhissalom taʼlimotlarini buzib, turli firqalarga ajralib, oʻzaro ixtilofga tushib, katta zulm qildilar. Endi oʻsha zulmlari uchun oʻta alamli kun boʻlmish qiyomat kuni hollariga voy boʻladi.