إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ هَـٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu to`g`ri yo`ldir», dedi.Албатта, Аллоҳ менинг ҳам Роббим, сизнинг ҳам Роббингиздир. Бас, Унга ибодат қилинг. Мана шу тўғри йўлдир», деди.Alauddin Mansour: Albatta Allohning Oʻzi Parvardigorim va Parvardigoringizdir, bas, (yolgʻiz) Unga ibodat qilingiz! Mana shu Toʻgʻri Yoʻldir».Албатта Аллоҳнинг Ўзи Парвардигорим ва Парвардигорингиздир, бас, (ёлғиз) Унга ибодат қилингиз! Мана шу Тўғри Йўлдир».
Iyso alayhissalom qavmlariga Allohning vahdoniyatiga va oʻzlarining haq Paygʻambar ekanliklariga dalolat qiluvchi ochiq-oydin oyatlar, gap-soʻzlar va ochiq-oydin moʻʼjizalar bilan keldilar. Ul zot oʻz qavmlariga oʻsha payt:
«Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim...» dedilar.
Hikmat ulugʻ neʼmatdir. Hikmat Paygʻambarlikdir. Yana, Iyso alayhissalom qavmlariga:
«...va baʼzi siz ixtilof qilayotgan narsalarni bayon qilish uchun keldim», dedilar.
Chunki, u qavm Muso alayhissalom shariatlari haqida koʻpdan- koʻp ixtilofga tushgan, har xil mazhab va firqalarga boʻlinib ketgan edi. Iyso alayhissalom ularga oʻsha ixtiloflar haqidagi hukmni bayon qilib berdilar. Va:
«Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar», dedilar.
Allohga taqvo qilmaslik oqibatida mazkur ixtiloflar kelib chiqqan edi. Paygʻambarga itoat etmaslik oqibatida mazkur ixtiloflar kelib chiqqan edi. Bas, endi u ixtiloflarni yigʻishtirib, Allohga taqvo qiling va menga itoat eting, ana shunda ish yaxshi boʻladi.
«Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir.»
Demak, Iyso alayhissalom qavmlariga: «Alloh mening Robbim», deganlar. Alloh mening otam, degan emaslar. Demak, Alloh taolo boshqa bandalarga Robb boʻlgani kabi, Iyso alayhissalomga ham Robbdir. Bu haqda boshqa gap behuda.
«Bas, Unga ibodat qiling.»
Demak, Iyso alayhissalom, menga ibodat eting, degan emaslar, Allohga ibodat qiling, deganlar. Kimki boshqa gap aytsa, yolgʻon aytibdi.
U kishining oʻzlari ham:
«Mana shu toʻgʻri yoʻldir», dedi».
Yaʼni, Allohga ibodat qilishlik toʻgʻri yoʻldir, dedilar. Lekin u kishining qavmlari bu koʻrsatmaga amal qilmadilar.