وَلَمَّا جَآءَ عِيسَىٰ بِٱلْبَيِّنَـٰتِ قَالَ قَدْ جِئْتُكُم بِٱلْحِكْمَةِ وَلِأُبَيِّنَ لَكُم بَعْضَ ٱلَّذِى تَخْتَلِفُونَ فِيهِ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iyso ochiq-oydin hujjat (mo`'jiza)lar bilan kelgan chog`ida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va siz ixtilof qilayotgan ba'zi narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.Ийсо очиқ-ойдин ҳужжат (мўъжиза)лар билан келган чоғида: «Батаҳқиқ, мен сизга ҳикматни келтирдим ва сиз ихтилоф қилаётган баъзи нарсаларни баён қилиш учун келдим. Бас, Аллоҳга тақво ва менга итоат қилинглар.Alauddin Mansour: Qachonki Iyso aniq-ravshan hujjat-moʻʼjizalarni keltirgach, dedi: «Mana men sizlarga Hikmat — Injil bilan, sizlarga oʻzlaringiz ixtilof qilayotgan ayrim narsalarni bayon qilib berish uchun keldim. Bas, Allohdan qoʻrqingiz va menga itoat etingiz!Қачонки Ийсо аниқ-равшан ҳужжат-мўъжизаларни келтиргач, деди: «Мана мен сизларга Ҳикмат — Инжил билан, сизларга ўзларингиз ихтилоф қилаётган айрим нарсаларни баён қилиб бериш учун келдим. Бас, Аллоҳдан қўрқингиз ва менга итоат этингиз!
Iyso alayhissalom qavmlariga Allohning vahdoniyatiga va oʻzlarining haq Paygʻambar ekanliklariga dalolat qiluvchi ochiq-oydin oyatlar, gap-soʻzlar va ochiq-oydin moʻʼjizalar bilan keldilar. Ul zot oʻz qavmlariga oʻsha payt:
«Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim...» dedilar.
Hikmat ulugʻ neʼmatdir. Hikmat Paygʻambarlikdir. Yana, Iyso alayhissalom qavmlariga:
«...va baʼzi siz ixtilof qilayotgan narsalarni bayon qilish uchun keldim», dedilar.
Chunki, u qavm Muso alayhissalom shariatlari haqida koʻpdan- koʻp ixtilofga tushgan, har xil mazhab va firqalarga boʻlinib ketgan edi. Iyso alayhissalom ularga oʻsha ixtiloflar haqidagi hukmni bayon qilib berdilar. Va:
«Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar», dedilar.
Allohga taqvo qilmaslik oqibatida mazkur ixtiloflar kelib chiqqan edi. Paygʻambarga itoat etmaslik oqibatida mazkur ixtiloflar kelib chiqqan edi. Bas, endi u ixtiloflarni yigʻishtirib, Allohga taqvo qiling va menga itoat eting, ana shunda ish yaxshi boʻladi.
«Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir.»
Demak, Iyso alayhissalom qavmlariga: «Alloh mening Robbim», deganlar. Alloh mening otam, degan emaslar. Demak, Alloh taolo boshqa bandalarga Robb boʻlgani kabi, Iyso alayhissalomga ham Robbdir. Bu haqda boshqa gap behuda.
«Bas, Unga ibodat qiling.»
Demak, Iyso alayhissalom, menga ibodat eting, degan emaslar, Allohga ibodat qiling, deganlar. Kimki boshqa gap aytsa, yolgʻon aytibdi.
U kishining oʻzlari ham:
«Mana shu toʻgʻri yoʻldir», dedi».
Yaʼni, Allohga ibodat qilishlik toʻgʻri yoʻldir, dedilar. Lekin u kishining qavmlari bu koʻrsatmaga amal qilmadilar.