ٱلْأَخِلَّآءُ يَوْمَئِذٍۭ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda taqvodorlardan boshqa do`stlar bir-birlariga dushmandir.Ўша кунда тақводорлардан бошқа дўстлар бир-бирларига душмандир.Alauddin Mansour: U Kunda doʻstlar bir-birlariga dushmandir, magar (Alloh yoʻlida doʻstlashgan) taqvodor zotlargina (mangu doʻstdirlar).У Кунда дўстлар бир-бирларига душмандир, магар (Аллоҳ йўлида дўстлашган) тақводор зотларгина (мангу дўстдирлар).
Qiyomat kuni hamma oʻz oqibatini bilgach, garchi bu dunyoda oʻzaro yaqin doʻst boʻlsa ham, bir-biriga dushmanga aylanadi. Chunki, u dunyoda bir-birlarini turli amallarga undagan doʻstlarning doʻzaxga tushib jazo tortishlari aniq maʼlum boʻlib qoladi. Ana oʻshanda, yomon bilan doʻst boʻlganiga afsuslanib, doʻstlar doʻstini yoqtirmay qoʻyadi. Doʻstlar dushmanga aylanadi. Bir-biriga malomat qilib, seni deb shunday boʻldi, deyishga oʻtadi.
Faqat taqvodor doʻstlarning oqibati xayrlidir. Chunki, ularning doʻstligi Alloh uchun, taqvo asosiga qurilgan edi. U doʻstlar doimo yaxshi amallarni qilgan boʻladilar. Shuning uchun, qiyomat kuni birga jannatga tushadilar va doʻstliklari yana ham ortadi. Hamda ularga quyidagicha nido qilinadi: