يَـٰعِبَادِ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey bandalarim! Bugungi kunda sizga xavf yo`q va mahzun ham bo`lmassiz.Эй бандаларим! Бугунги кунда сизга хавф йўқ ва маҳзун ҳам бўлмассиз.Alauddin Mansour: (U Kunda ularga aytilur): «Ey bandalarim, bu Kun sizlar uchun hech xavfu-xatar yoʻqdir va sizlar aslo gʻamgin boʻlmaysizlar.(У Кунда уларга айтилур): «Эй бандаларим, бу Кун сизлар учун ҳеч хавфу-хатар йўқдир ва сизлар асло ғамгин бўлмайсизлар.
Naqadar katta baxt, naqadar ulugʻ inʼom. Bu dunyoda doʻst boʻlib oʻtgan kofir, munofiq va osiylar bir-biriga dushmanga aylanib, xusumat qilishib turgan bir paytda, taqvodor moʻmin-musulmonlarga Alloh taoloning oʻzi: «Ey bandalarim!» deb xitob qilib tursa. Alloh bandam degan insondan ham baxtli odam bormi?! «Bugungi kunda sizga xavf yoʻq...» Bugungi dahshatli va hammani xavfu xatarga solgan qiyomat kunida sizga hech qanday xavf yoʻq. Siz omondasiz. Kelajagingiz baxt-saodatga toʻla. «...va mahzun ham boʻlmassiz.» Oʻtgan ishlarni oʻylab, koʻnglingiz xira ham boʻlmasin. Zero, u dunyoda taqvo bilan oʻtgansiz. Ey bandalarim! «Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon boʻlganlar, jannatga kiringlar...» U dunyodagi iymoningiz va ibodatingiz mukofotiga, sizga jannat tayyorlab qoʻyilgan. U jannatda: «...sizlar va juftlaringiz shod boʻlursizlar». Chunki, jannatda faqat shodlik keltiruvchi neʼmatlar bor.