ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَكَانُوا۟ مُسْلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon bo`lganlar...Оятларимизга иймон келтирганлар ва мусулмон бўлганлар...Alauddin Mansour: Ular Bizning oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmon boʻlib oʻtgan zotlardir.Улар Бизнинг оятларимизга иймон келтирган ва мусулмон бўлиб ўтган зотлардир.
Naqadar katta baxt, naqadar ulugʻ inʼom. Bu dunyoda doʻst boʻlib oʻtgan kofir, munofiq va osiylar bir-biriga dushmanga aylanib, xusumat qilishib turgan bir paytda, taqvodor moʻmin-musulmonlarga Alloh taoloning oʻzi: «Ey bandalarim!» deb xitob qilib tursa. Alloh bandam degan insondan ham baxtli odam bormi?! «Bugungi kunda sizga xavf yoʻq...» Bugungi dahshatli va hammani xavfu xatarga solgan qiyomat kunida sizga hech qanday xavf yoʻq. Siz omondasiz. Kelajagingiz baxt-saodatga toʻla. «...va mahzun ham boʻlmassiz.» Oʻtgan ishlarni oʻylab, koʻnglingiz xira ham boʻlmasin. Zero, u dunyoda taqvo bilan oʻtgansiz. Ey bandalarim! «Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon boʻlganlar, jannatga kiringlar...» U dunyodagi iymoningiz va ibodatingiz mukofotiga, sizga jannat tayyorlab qoʻyilgan. U jannatda: «...sizlar va juftlaringiz shod boʻlursizlar». Chunki, jannatda faqat shodlik keltiruvchi neʼmatlar bor.