QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят70

ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ أَنتُمْ وَأَزْوَٰجُكُمْ تُحْبَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod bo`lursizlar.Жаннатга киринглар, сизлар ва жуфтларингиз шод бўлурсизлар.Alauddin Mansour: Sizlar jufti halollaringiz bilan birga shod-xurram boʻlgan hollaringizda jannatga kiringiz!»Сизлар жуфти ҳалолларингиз билан бирга шод-хуррам бўлган ҳолларингизда жаннатга кирингиз!»

494-sahifa · 25-juz · 50-hizb494-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱدْخُلُوا۟kiringlarкирингларٱلْجَنَّةَjannatgaжаннатгаأَنتُمْsizlarсизларوَأَزْوَٰجُكُمْva juftlaringizва жуфтларингизتُحْبَرُونَshod boʻlursizlarшод бўлурсизлар
TafsirТафсир

Naqadar katta baxt, naqadar ulugʻ inʼom. Bu dunyoda doʻst boʻlib oʻtgan kofir, munofiq va osiylar bir-biriga dushmanga aylanib, xusumat qilishib turgan bir paytda, taqvodor moʻmin-musulmonlarga Alloh taoloning oʻzi: «Ey bandalarim!» deb xitob qilib tursa. Alloh bandam degan insondan ham baxtli odam bormi?! «Bugungi kunda sizga xavf yoʻq...» Bugungi dahshatli va hammani xavfu xatarga solgan qiyomat kunida sizga hech qanday xavf yoʻq. Siz omondasiz. Kelajagingiz baxt-saodatga toʻla. «...va mahzun ham boʻlmassiz.» Oʻtgan ishlarni oʻylab, koʻnglingiz xira ham boʻlmasin. Zero, u dunyoda taqvo bilan oʻtgansiz. Ey bandalarim! «Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon boʻlganlar, jannatga kiringlar...» U dunyodagi iymoningiz va ibodatingiz mukofotiga, sizga jannat tayyorlab qoʻyilgan. U jannatda: «...sizlar va juftlaringiz shod boʻlursizlar». Chunki, jannatda faqat shodlik keltiruvchi neʼmatlar bor.