QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Dukhan surasi · Oyatсураси · Оят14

ثُمَّ تَوَلَّوْا۟ عَنْهُ وَقَالُوا۟ مُعَلَّمٌ مَّجْنُونٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra undan yuz o`girdilar va: «Bu — o`rgatilgan majnun», dedilar.Сўнгра ундан юз ўгирдилар ва: «Бу — ўргатилган мажнун», дедилар.Alauddin Mansour: soʻngra undan yuz oʻgirdilar va: «(Unga Qurʼon birovlar tomonidan) oʻrgatib qoʻyilgan, (u) majnun», dedilar-ku?! (Bas, ochiq-ravshan moʻʼjiza — Qurʼonni keltirgan paygʻambarga iymon keltirmay, undan yuz oʻgirgan kimsalar boshqa biron narsadan pand-nasihat olarmidilar?!)сўнгра ундан юз ўгирдилар ва: «(Унга Қуръон бировлар томонидан) ўргатиб қўйилган, (у) мажнун», дедилар-ку?! (Бас, очиқ-равшан мўъжиза — Қуръонни келтирган пайғамбарга иймон келтирмай, ундан юз ўгирган кимсалар бошқа бирон нарсадан панд-насиҳат олармидилар?!)

496-sahifa · 25-juz · 50-hizb496-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirdilarюз ўгирдиларعَنْهُundanунданوَقَالُوا۟va dedilarва дедиларمُعَلَّمٌۭoʻrgatilganўргатилганمَّجْنُونٌmajnunмажнун
TafsirТафсир

Ular boshlariga musiybat tushganida, yalinib-yolborib, tavba- tazarru qilib, turli vaʼdalarni beraveradilar. «Ularga qayoqdan ham eslatma boʻlsin.» Ular qayoqdan ham eslatma olib, oʻzlarini oʻnglar edilar. «Holbuki, ularga ochiq-oydin Paygʻambar kelgan edi.» Ularga ochiq-oydin Paygʻambar kelganida, eslatma olishning oʻrniga, «Soʻngra undan yuz oʻgirdilar…». Va u zotga tuhmat qilib: «Bu – oʻrgatilgan majnun», dedilar»-ku! Oʻshanda esi oʻziga kelmagan kishilar endi ham iymonga kelishlari, butunlay oʻzgarishlari qiyin. Zotan, ular baribir eslatma olmaydilar. Shuning uchun, ulardan azob ham butunlay kushoyish qilinmaydi.