أَنَّىٰ لَهُمُ ٱلذِّكْرَىٰ وَقَدْ جَآءَهُمْ رَسُولٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga qayoqdan ham eslatma bo`lsin. Holbuki, ularga ochiq-oydin Payg`ambar kelgan edi.Уларга қаёқдан ҳам эслатма бўлсин. Ҳолбуки, уларга очиқ-ойдин Пайғамбар келган эди.Alauddin Mansour: (Lekin) ular uchun qayoqdan ham (boshlariga tushgan bu balo-ofatlardan) eslatma-ibrat olish boʻlsin?! Holbuki, ularga ochiq paygʻambar (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salom) keldi,(Лекин) улар учун қаёқдан ҳам (бошларига тушган бу бало-офатлардан) эслатма-ибрат олиш бўлсин?! Ҳолбуки, уларга очиқ пайғамбар (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) келди,
Ular boshlariga musiybat tushganida, yalinib-yolborib, tavba- tazarru qilib, turli vaʼdalarni beraveradilar. «Ularga qayoqdan ham eslatma boʻlsin.» Ular qayoqdan ham eslatma olib, oʻzlarini oʻnglar edilar. «Holbuki, ularga ochiq-oydin Paygʻambar kelgan edi.» Ularga ochiq-oydin Paygʻambar kelganida, eslatma olishning oʻrniga, «Soʻngra undan yuz oʻgirdilar…». Va u zotga tuhmat qilib: «Bu – oʻrgatilgan majnun», dedilar»-ku! Oʻshanda esi oʻziga kelmagan kishilar endi ham iymonga kelishlari, butunlay oʻzgarishlari qiyin. Zotan, ular baribir eslatma olmaydilar. Shuning uchun, ulardan azob ham butunlay kushoyish qilinmaydi.