QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Dukhan surasi · Oyatсураси · Оят20

وَإِنِّى عُذْتُ بِرَبِّى وَرَبِّكُمْ أَن تَرْجُمُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, men o`zimning Robbim va sizning Robbingizdan meni toshbo`ron qilishingizdan panoh so`radim.Ва, албатта, мен ўзимнинг Роббим ва сизнинг Роббингиздан мени тошбўрон қилишингиздан паноҳ сўрадим.Alauddin Mansour: (Shunda Firʼavn va uning qavmi Musoni oʻldirish bilan tahdid solganlarida u dedi): «Albatta men Parvardigorim va Parvardigoringizdan sizlar meni toshboʻron qilishlaringizdan panoh soʻraganman, (demak sizlarning tahdidlaringizdan qoʻrqmayman).(Шунда Фиръавн ва унинг қавми Мусони ўлдириш билан таҳдид солганларида у деди): «Албатта мен Парвардигорим ва Парвардигорингиздан сизлар мени тошбўрон қилишларингиздан паноҳ сўраганман, (демак сизларнинг таҳдидларингиздан қўрқмайман).

497-sahifa · 25-juz · 50-hizb497-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنِّىva albatta, menва албатта, менعُذْتُpanoh soʻradimпаноҳ сўрадимبِرَبِّىRobbim ilaРоббим илаوَرَبِّكُمْva sizning Robbingizва сизнинг Роббингизأَن-dan-данتَرْجُمُونِmeni toshboʻron qilishingizdanмени тошбўрон қилишингиздан
TafsirТафсир

Muso alayhissalomning bu soʻzlari turli munosabatlar bilan aytilgan boʻlsa ham, bu oʻrinda hammasi birga zikr qilinmoqda. Sirtdan qaraganda, hamma soʻzlar bir paytda aytilganga oʻxshaydi. Bu uslub ham Qurʼoni Karimdagi moʻʼjizakor jihatlardan biridir. Endi, Muso alayhissalomning Firʼavn qavmiga aytgan gaplarini tahlil qilib chiqaylik. «Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar.» Yaʼni, ey, Firʼavn qavmi, sizlar oʻzingizga qul qilib olgan Allohning bandalarini, Bani Isroilni (Isroil farzandlarini, yaʼni yahudiylarni) menga qaytarib beringlar. «Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.» Menga iymon keltiring. Sizga Allohning amri shu. «Va Allohga mutakabbirlik qilmang.» Oʻzingizni yuqori tutib, Unga osiy boʻlib yurmang. «Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.» Bu hujjatlar mening haq Paygʻambar ekanimni sizga isbot etadi. Siz, oʻzingizcha, menga qarshi yomonlikni qasd qilib yurmang. «Albatta, men oʻzimning Robbim va sizning Robbingiz» boʻlmish Alloh taolodan «meni toshboʻron qilishingizdan panoh soʻradim». Alloh menga panoh beradi. Siz, meni toshboʻron qilaman deb, ovora boʻlasiz. «Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning.» Men bilan ishingiz boʻlmasin. Menga xalaqit bermang. Soʻngra: