وَأَن لَّا تَعْلُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّىٓ ءَاتِيكُم بِسُلْطَـٰنٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Allohga mutakabbirlik qilmang. Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.Ва Аллоҳга мутакаббирлик қилманг. Албатта, мен сизга очиқ-ойдин ҳужжат келтирурман.Alauddin Mansour: «Va Allohga kibru havo qilmanglar! Albatta men sizlarga (oʻzimning haq paygʻamar ekanligimga) ochiq-ravshan hujjat (moʻʼjizalar) keltirurman».«Ва Аллоҳга кибру ҳаво қилманглар! Албатта мен сизларга (ўзимнинг ҳақ пайғамар эканлигимга) очиқ-равшан ҳужжат (мўъжизалар) келтирурман».
Muso alayhissalomning bu soʻzlari turli munosabatlar bilan aytilgan boʻlsa ham, bu oʻrinda hammasi birga zikr qilinmoqda. Sirtdan qaraganda, hamma soʻzlar bir paytda aytilganga oʻxshaydi. Bu uslub ham Qurʼoni Karimdagi moʻʼjizakor jihatlardan biridir. Endi, Muso alayhissalomning Firʼavn qavmiga aytgan gaplarini tahlil qilib chiqaylik. «Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar.» Yaʼni, ey, Firʼavn qavmi, sizlar oʻzingizga qul qilib olgan Allohning bandalarini, Bani Isroilni (Isroil farzandlarini, yaʼni yahudiylarni) menga qaytarib beringlar. «Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.» Menga iymon keltiring. Sizga Allohning amri shu. «Va Allohga mutakabbirlik qilmang.» Oʻzingizni yuqori tutib, Unga osiy boʻlib yurmang. «Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.» Bu hujjatlar mening haq Paygʻambar ekanimni sizga isbot etadi. Siz, oʻzingizcha, menga qarshi yomonlikni qasd qilib yurmang. «Albatta, men oʻzimning Robbim va sizning Robbingiz» boʻlmish Alloh taolodan «meni toshboʻron qilishingizdan panoh soʻradim». Alloh menga panoh beradi. Siz, meni toshboʻron qilaman deb, ovora boʻlasiz. «Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning.» Men bilan ishingiz boʻlmasin. Menga xalaqit bermang. Soʻngra: