QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Dukhan surasi · Oyatсураси · Оят18

أَنْ أَدُّوٓا۟ إِلَىَّ عِبَادَ ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar. Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.«Сизлар менга Аллоҳнинг бандаларини беринглар. Албатта, мен сизларга ишончли Пайғамбарман.Alauddin Mansour: (U ularga dedi): «Sizlar menga Allohning bandalarini (yaʼni, Bani Isroil qavmini) topshiringlar! Albatta men sizlar uchun ishonchli paygʻambardirman».(У уларга деди): «Сизлар менга Аллоҳнинг бандаларини (яъни, Бани Исроил қавмини) топширинглар! Албатта мен сизлар учун ишончли пайғамбардирман».

496-sahifa · 25-juz · 50-hizb496-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَنْdeb (deganida)деб (деганида)أَدُّوٓا۟beringlarберингларإِلَىَّmengaменгаعِبَادَbandalariniбандалариниٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингإِنِّىalbatta, menалбатта, менلَكُمْsizlargaсизларгаرَسُولٌPaygʻambarmanПайғамбарманأَمِينٌۭishonchliишончли
TafsirТафсир

Muso alayhissalomning bu soʻzlari turli munosabatlar bilan aytilgan boʻlsa ham, bu oʻrinda hammasi birga zikr qilinmoqda. Sirtdan qaraganda, hamma soʻzlar bir paytda aytilganga oʻxshaydi. Bu uslub ham Qurʼoni Karimdagi moʻʼjizakor jihatlardan biridir. Endi, Muso alayhissalomning Firʼavn qavmiga aytgan gaplarini tahlil qilib chiqaylik. «Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar.» Yaʼni, ey, Firʼavn qavmi, sizlar oʻzingizga qul qilib olgan Allohning bandalarini, Bani Isroilni (Isroil farzandlarini, yaʼni yahudiylarni) menga qaytarib beringlar. «Albatta, men sizlarga ishonchli Paygʻambarman.» Menga iymon keltiring. Sizga Allohning amri shu. «Va Allohga mutakabbirlik qilmang.» Oʻzingizni yuqori tutib, Unga osiy boʻlib yurmang. «Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.» Bu hujjatlar mening haq Paygʻambar ekanimni sizga isbot etadi. Siz, oʻzingizcha, menga qarshi yomonlikni qasd qilib yurmang. «Albatta, men oʻzimning Robbim va sizning Robbingiz» boʻlmish Alloh taolodan «meni toshboʻron qilishingizdan panoh soʻradim». Alloh menga panoh beradi. Siz, meni toshboʻron qilaman deb, ovora boʻlasiz. «Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning.» Men bilan ishingiz boʻlmasin. Menga xalaqit bermang. Soʻngra: