فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌ مُّجْرِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U Robbiga: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi.У Роббига: «Албатта, анавилар жиноятчи қавмдир», деб дуо қилди.Alauddin Mansour: Bas, u Parvardigoriga «Darhaqiqat, ular jinoyatchi qavmdir (yaʼni, Oʻzing ularning jazolarini bergin»,) deb duo qildi.Бас, у Парвардигорига «Дарҳақиқат, улар жиноятчи қавмдир (яъни, Ўзинг уларнинг жазоларини бергин»,) деб дуо қилди.
Yaʼni, Firʼavn qavmi yomon niyatlarini oshkor etib, u zotni toshboʻron qilib oʻldirmoqchi boʻlganida, Muso alayhissalom Alloh taologa yolborib: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi». Ular meni oʻldirmoqchilar, oʻzing qutqar, ey Robbim, deya iltijo qildilar. Shunda Alloh taolo Muso alayhissalomga dedi: