فَأَسْرِ بِعِبَادِى لَيْلًا إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, bandalarim ila kechasi yurib ket. Albatta, siz izingizdan quvilursiz.Бас, бандаларим ила кечаси юриб кет. Албатта, сиз изингиздан қувилурсиз.Alauddin Mansour: Bas, (Alloh Musoga vahiy yubordiki,) «Bandalarim (yaʼni, Bani Isroil qavmi) bilan birga tunda yoʻlga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur (yaʼni, Firʼavn va uning qoʻshini ortingizdan quvib yetur).Бас, (Аллоҳ Мусога ваҳий юбордики,) «Бандаларим (яъни, Бани Исроил қавми) билан бирга тунда йўлга чиққин! Албатта, сизларнинг изингизга тушилур (яъни, Фиръавн ва унинг қўшини ортингиздан қувиб етур).
Yaʼni, Bani Isroilni olib, kechasi Misrdan chiqib ket. Dushman, albatta, sizlarning izingizdan tushadi.