وَٱتْرُكِ ٱلْبَحْرَ رَهْوًا ۖ إِنَّهُمْ جُندٌ مُّغْرَقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va dengizni sokin holida qo`y, albatta, ular g`arq qilinadigan qo`shindir.Ва денгизни сокин ҳолида қўй, албатта, улар ғарқ қилинадиган қўшиндир.Alauddin Mansour: Va dengizni sokin (yaʼni, sizlar oʻtayotganda ikkiga boʻlingan edi, ana oʻsha holida) qoʻyavergin (va Firʼavn oʻz qoʻshini bilan undan oʻtib olishidan qoʻrqma). Shak-shubhasiz, ular gʻarq qilinguvchi qoʻshindir».Ва денгизни сокин (яъни, сизлар ўтаётганда иккига бўлинган эди, ана ўша ҳолида) қўявергин (ва Фиръавн ўз қўшини билан ундан ўтиб олишидан қўрқма). Шак-шубҳасиз, улар ғарқ қилингувчи қўшиндир».
Maʼlumki, Muso alayhissalom Bani Isroil bilan dengizga duch kelganlarida, Allohning amri ila asolari bilan dengizni urganlar va dengiz suvi toʻxtab ikkiga boʻlingan va ostidan quruq yoʻl ochilgan. Ushbu oyatda Alloh taolo Muso alayhissalomga:
«Va dengizni sokin holida qoʻy», deb oʻzlari Bani Isroil bilan oʻtib olganlaridan keyin ham dengizni oʻsha holatida qoʻyishlarini buyurmoqda va ortidan:
«...albatta, ular gʻarq qilinadigan qoʻshindir», demoqda.
Darhaqiqat, Firʼavn va uning askarlari ham toʻxtab turgan dengiz sari tushdilar. Hammalari dengizda ochilgan yoʻlga tushib boʻlganlaridan keyin shu damgacha ikkiga boʻlinib sokin turgan suv harakatga keldi va ularni gʻarq qildi.