QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Dukhan surasi · Oyatсураси · Оят29

فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ وَمَا كَانُوا۟ مُنظَرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularga osmon ham, yer ham yig`lamadi va ular muhlat berilganlardan ham bo`lmadilar.Бас, уларга осмон ҳам, ер ҳам йиғламади ва улар муҳлат берилганлардан ҳам бўлмадилар.Alauddin Mansour: Bas, ularga osmon ham, Yer ham (aza tutib) yigʻlagani yoʻq va ularga (tavba-tazarruʼ uchun) muhlat ham berilmadi!Бас, уларга осмон ҳам, Ер ҳам (аза тутиб) йиғлагани йўқ ва уларга (тавба-тазарруъ учун) муҳлат ҳам берилмади!

497-sahifa · 25-juz · 50-hizb497-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَاbas, emasбас, эмасبَكَتْyigʻladiйиғладиعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلسَّمَآءُosmonосмонوَٱلْأَرْضُva yerва ерوَمَاva emasва эмасكَانُوا۟ular boʻldilarулар бўлдиларمُنظَرِينَmuhlat berilganlardanмуҳлат берилганлардан
TafsirТафсир

Dunyoda shunchalar shonu shavkatga, mulku saltanatga, molu davlatga ega boʻlishlariga, Firʼavn oʻzini xudo deb daʼvo qilganiga qaramay, ular halokatga uchradilar. Osmonda ham, yerda ham hech kim, hech narsa ularga qaygʻurmadi. Chunki, ular osiy edilar. Ulardan hech kim, hech narsa yaxshilik koʻrmas edi. Hattoki, osmonu yer ham yaxshilik koʻrmas edi. Shuning uchun, ularga osmon ham, yer ham yigʻlamadi. Shu bilan birga:

«...ular muhlat berilganlardan ham boʻlmadilar».

Yaʼni, ularning azobi ortga ham surilmadi.

Chunki, ular zulmlari, tugʻyonlari va isyonlari bilan muhlat berilishga loyiq emas edilar.