إِنَّآ أَنزَلْنَـٰهُ فِى لَيْلَةٍ مُّبَـٰرَكَةٍ ۚ إِنَّا كُنَّا مُنذِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantirguvchi bo`ldik.Албатта, Биз уни муборак кечада нозил қилдик. Албатта, Биз огоҳлантиргувчи бўлдик.Alauddin Mansour: Albatta Biz uni bir muborak-barakotli kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz (insonlarni ushbu Qurʼon bilan Oxirat azobidan) ogohlantirguvchi boʻldik.Албатта Биз уни бир муборак-баракотли кечада нозил қилдик. Дарҳақиқат, Биз (инсонларни ушбу Қуръон билан Охират азобидан) огоҳлантиргувчи бўлдик.
Ushbu oyatda zikr etilayotgan, Qurʼon nozil qilingan kecha muborak Ramazon oyining kechalaridan biri boʻlmish «Laylatul qadr»dir. Bu kecha, dunyo tarixidagi eng muborak kechadir. Chunki, bu kechada Alloh taoloning oxirgi, barkamol va butun insoniyatga qiyomat kunigacha saodat yoʻlini koʻrsatib beruvchi kitobi tusha boshlagan.
«Albatta, Biz ogohlantirguvchi boʻldik.»
Ushbu muborak kechada Qurʼonni nozil qilish bilan bandalarni kufr, isyon va tugʻyonning oqibati yomon boʻlishidan ogohlantiruvchi boʻldik.