QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Dukhan surasi · Oyatсураси · Оят37

أَهُمْ خَيْرٌ أَمْ قَوْمُ تُبَّعٍ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ أَهْلَكْنَـٰهُمْ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ مُجْرِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular yaxshiroqmi yoki Tubba' qavmiyu ulardan oldin o`tganlarmi?! Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi bo`lgan edilar.Улар яхшироқми ёки Туббаъ қавмию улардан олдин ўтганларми?! Биз уларни ҳалок қилдик. Албатта, улар жиноятчи бўлган эдилар.Alauddin Mansour: Ular (kuch-quvvatda) yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki ular jinoyatchi — osiy edilar.Улар (куч-қувватда) яхшироқми ёки Туббаъ қавми ва улардан аввалги кимсаларми?! Биз уларни ҳалок қилдик. Чунки улар жиноятчи — осий эдилар.

497-sahifa · 25-juz · 50-hizb497-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَهُمْularmiулармиخَيْرٌyaxshiroqяхшироқأَمْyokiёкиقَوْمُqavmiқавмиتُبَّعٍۢTubbaʼТуббаъوَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларمِن-dan-данقَبْلِهِمْ ۚulardan oldin oʻtganlarулардан олдин ўтганларأَهْلَكْنَـٰهُمْ ۖularni halok qildikуларни ҳалок қилдикإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларكَانُوا۟boʻlgan edilarбўлган эдиларمُجْرِمِينَjinoyatchiжиноятчи
TafsirТафсир

«Tubbaʼ» Yaman podshohlarining laqabidir. Ular kuchli va taraqqiy etgan davlatga ega boʻlganlar. Arablar ichida ularning dovrugʻi keng tarqalgan edi. Oyatda ana oʻshalar Quraysh mushriklarining yodiga solinmoqda.

Quraysh mushriklari nega buncha oʻzlaridan ketib, haddlaridan oshadilar, hovliqadilar?! Nima uchun oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor qilib, oʻzlaricha turli gaplarni tarqatadilar?! Ular kim boʻlibdilar oʻzi?! Bir oʻylab koʻrsinlar!

«Ular yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmiyu ulardan oldin oʻtganlarmi?!»

Tubbaʼ qavmi qurayshliklardan yaxshiroq edi. Ulardan oldin oʻtgan Od, Samud va Lut qavmlari ham yaxshiroq edi. Ammo tugʻyonlari, gunohlari sababli:

«Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi boʻlgan edilar».

Ana oʻshalarni-ki halok qilganimizdan keyin, qurayshliklarni halok qilish nima boʻlibdi. Ular jinoyatchi boʻlgan edilar, bular ham jinoyatchilik qilmoqdalar.

Endi esa, mushriklar inkor etayotgan qayta tirilishning maʼlum maqsad va hikmatlari borligini bayon qilishga kirishiladi. Buni anglash uchun atrof-javonibga, borliqqa, osmonlaru yerga eʼtibor bilan nazar solishga daʼvat etiladi: