وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَـٰعِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o`ynab yaratganimiz yo`q!Осмонлару ерни ва уларнинг орасидаги нарсаларни ўйнаб яратганимиз йўқ!Alauddin Mansour: Biz osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni oʻynab-behuda yaratganimiz yoʻq.Биз осмонлар ва Ерни ҳамда уларнинг орасидаги нарсаларни ўйнаб-беҳуда яратганимиз йўқ.
Osmonlarga nazar soling! Shuncha narsalar nima uchun yaratildi? Shunchaki oʻyin bilan, behudaga yaratildimi?! Yerga nazar soling! Shuncha mavjudot nima uchun yaratildi? Oʻyin uchun, bekordan-bekorga yaratildimi?! Yoki ularni yaratishdan biror maqsad, hikmat bordir?! Endi osmonlaru yerning orasidagi sonsiz-sanoqsiz mavjudotlarga nazar soling! Ular nima uchun yaratildi?! Oʻyin uchun, hech bir maqsadsiz, bekorga yaratildimi?! Balki, ularni yaratishdan biror maqsad, hikmat bordir?! Oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor qilayotgan insonning oʻzi-chi? U nima uchun yaratildi? Oʻyin uchunmi? Bu dunyoda hayvondan battar holda yeb-ichib, oʻtib ketishi uchunmi?! Agar shunday boʻlsa, insonni yaratishning nima keragi bor edi? Insonning foydasi uchun borliqni va undagi narsalarni yaratishning nima keragi bor edi?! Ularning barchasini inson uchun xizmatkor qilib qoʻyishning nima foydasi bor edi?!
Yoʻq! Bu ishlarning hammasida hikmat bor. Alloh taolo osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni, jumladan, insonni oʻynab yaratgani yoʻq.