QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Dukhan surasi · Oyatсураси · Оят39

مَا خَلَقْنَـٰهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularni faqat haq ila yaratdik, lekin ko`plari bilmaslar.Биз уларни фақат ҳақ ила яратдик, лекин кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Biz ularni faqat Haq (qonun, intizom) bilan yaratganmiz. Lekin ularning koʻplari bilmaslar.Биз уларни фақат Ҳақ (қонун, интизом) билан яратганмиз. Лекин уларнинг кўплари билмаслар.

497-sahifa · 25-juz · 50-hizb497-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасخَلَقْنَـٰهُمَآBiz ikkovini yaratganimizБиз икковини яратганимизإِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)بِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Shuning uchun kufr keltiradilar, qayta tirilishni inkor etadilar. Holbuki, oʻlgandan keyin qayta tirilish mantiq taqozosidir, aql taqozosidir. Chunki, bu dunyo inson hayotining maʼlum bir bosqichi, xolos. Bu dunyo oxiratning ekinzori, xolos. Oxirat hayotiga har bir banda qancha va qanday hosil bilan borishini aniqlab olish bekati, xolos. Jannatga kim kiradiyu doʻzaxga kim kirishi ajratib olinadigan joy, xolos. Bandalarga bu dunyodagi amallarining mukofoti yoki jazosi berilmasa, yaxshi bilan yomonning farqi qolmaydi. Adolat boʻlmaydi. Ilohiy adolat yuzaga chiqishi uchun, har kim oʻz qilmishiga yarasha mukofot yoki jazo olishi uchun qayta tirilish boʻlmogʻi zarur. Mushriklar, oʻzlaricha, oʻlganimizdan keyin qayta tirilmaymiz, deb ovora boʻladilar.