خُذُوهُ فَٱعْتِلُوهُ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلْجَحِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni tutib, jahiymning o`rtasiga sudrab olib boringlar!Уни тутиб, жаҳиймнинг ўртасига судраб олиб боринглар!Alauddin Mansour: (Doʻzax farishtalariga): «Uni (gunohkorni) ushlab doʻzaxning oʻrtasiga sudrab olib boringlar,(Дўзах фаришталарига): «Уни (гуноҳкорни) ушлаб дўзахнинг ўртасига судраб олиб боринглар,
Bu ishlar, gunohkorlarga koʻrsatiladigan munosabatning bir koʻrinishi xolos. Doʻzaxga vakil qilingan kuchli, qoʻpol va shafqatsiz farishtalarga ularni tutib, doʻzaxning qoq oʻrtasiga sudrab olib borish, boshlaridan oʻta qaynoq suv quyib azoblash topshiriladi. Bu esa, qorinlarida qaynab turgan zaqqum azobiga qoʻshimcha azob boʻladi.
Azob yanada shiddatli boʻlishi uchun ularga itob soʻzlari ham aytib turiladi: