وَسَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا مِّنْهُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sizga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni — hammasini O`z tomonidan bo`ysundirib qo`ydi. Albatta, ana shunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat(belgi)lar bordir.Ва сизга осмонлардаги нарсаларни ва ердаги нарсаларни — ҳаммасини Ўз томонидан бўйсундириб қўйди. Албатта, ана шунда тафаккур қиладиган қавм учун оят(белги)лар бордир.Alauddin Mansour: U Oʻz tomonidan (yaʼni, Oʻz xohish-irodasi bilan) sizlarga osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalarni boʻyinsundirdi. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.У Ўз томонидан (яъни, Ўз хоҳиш-иродаси билан) сизларга осмонлардаги ва Ердаги барча нарсаларни бўйинсундирди. Албатта бунда тафаккур қиладиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Demak, osmonlardagi hamma narsa Alloh tomonidan inson foydasi uchun boʻysundirib qoʻyilgan.
Yerdagi barcha narsalar Alloh tomonidan inson foydasi uchun boʻysundirilgandir. Haqiqatni faqat tafakkur qilganlar tushunib yetadilar. Faqat aql ishlatish, tafakkur qilish orqali borliqdagi hamma narsaning inson uchun boʻysundirilgani anglab yetiladi va ulardan inson uchun foyda olinadi. Oʻz navbatida, aql yuritish borliqdagi barcha narsalarni insonga boʻysundirib bergan Zotga iymon keltirib, ibodat qilishga olib keladi. Boʻlmasa, iymonsiz, quruq ilm foyda emas, zarar keltiradi.
Ey Muhammad!