QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jathiyah surasi · Oyatсураси · Оят12

۞ ٱللَّهُ ٱلَّذِى سَخَّرَ لَكُمُ ٱلْبَحْرَ لِتَجْرِىَ ٱلْفُلْكُ فِيهِ بِأَمْرِهِۦ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizga dengizni unda O`z amri bilan kemalar yurishi uchun va siz Uning fazlidan istashingiz uchun bo`ysundirib qo`ydi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.Аллоҳ сизга денгизни унда Ўз амри билан кемалар юриши учун ва сиз Унинг фазлидан исташингиз учун бўйсундириб қўйди. Шоядки, шукр келтирсангиз.Alauddin Mansour: Alloh (dengizdagi) kemalar Oʻzining amri bilan joriy boʻlishi hamda sizlar (u kemalarda) Uning fazlu marhamatidan (rizqu roʻz) istashlaringiz uchun va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga dengizni boʻyinsundirib qoʻygan Zotdir.Аллоҳ (денгиздаги) кемалар Ўзининг амри билан жорий бўлиши ҳамда сизлар (у кемаларда) Унинг фазлу марҳаматидан (ризқу рўз) исташларингиз учун ва шукр қилишларингиз учун сизларга денгизни бўйинсундириб қўйган Зотдир.

499-sahifa · 25-juz · 50-hizb499-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ ٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِىU zotdirУ зотдирسَخَّرَboʻysundirib qoʻydiбўйсундириб қўйдиلَكُمُsizgaсизгаٱلْبَحْرَdengizniденгизниلِتَجْرِىَyurishi uchunюриши учунٱلْفُلْكُkemalarкемаларفِيهِundaундаبِأَمْرِهِۦUning amri bilanУнинг амри биланوَلِتَبْتَغُوا۟va istashingiz uchunва исташингиз учунمِن-dan-данفَضْلِهِۦUning fazliУнинг фазлиوَلَعَلَّكُمْva shoyadkiва шоядкиتَشْكُرُونَshukr keltirsangizшукр келтирсангиз
TafsirТафсир

Alloh taolo boshqa narsalar qatori dengizni ham inson uchun musaxxar qilib berdi. Yaʼni, beminnat xizmatkor kabi boʻysundirib qoʻydi. Umuman, dengizni inson foydasi uchun yaratdi. Inson uni oʻrganib, oʻz foydasiga xizmat qildirishga urinishi kerak. Aniqki, dengiz oʻzi kelib xizmat qilmaydi. Bu haqiqatni ushbu oyatdagi:

«...va siz Uning fazlidan istashingiz uchun boʻysundirib qoʻydi», deganidan tushunamiz.

Siz Allohning fazlidan biror narsa kelishini kutib oʻtirishingiz uchun, demadi, balki:

«...Uning fazlidan istashingiz uchun», dedi.

Shuning uchun ham, musulmon inson Allohning fazlini tinimsiz istashi, oʻsha ilohiy fazlga erishish uchun harakat qilmogʻi kerak.