مَنْ عَمِلَ صَـٰلِحًا فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَسَآءَ فَعَلَيْهَا ۖ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim solih amal qilsa, o`ziga foyda. Kim yomonlik qilsa, o`ziga zarar. So`ngra Robbingizga qaytarilursiz.Ким солиҳ амал қилса, ўзига фойда. Ким ёмонлик қилса, ўзига зарар. Сўнгра Роббингизга қайтарилурсиз.Alauddin Mansour: Kim biron yaxshilik qilsa, bas, oʻzi uchun (yaʼni, oʻz foydasiga qilgan) boʻlur, kim yomonlik qilsa, bas, oʻz ziyoniga (qilgan) boʻlur. Soʻngra Parvardigoringizga qaytarilursizlar.Ким бирон яхшилик қилса, бас, ўзи учун (яъни, ўз фойдасига қилган) бўлур, ким ёмонлик қилса, бас, ўз зиёнига (қилган) бўлур. Сўнгра Парвардигорингизга қайтарилурсизлар.
Qaytarilishingiz qiyomat kuni boʻladi. Oʻshanda Alloh har bir zarrachalik yaxshilik va yomonligingizni hisob-kitob qilib, mukofot yoki jazo beradi.
Kelgusi oyatlarda Alloh tomonidan kelgan kitobga va Paygʻambarga toʻgʻri munosabatda boʻlish qanchalik zarur ekanligini taʼkidlash uchun Bani Isroilning oʻtmishi eslatiladi: