QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jathiyah surasi · Oyatсураси · Оят16

وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ وَرَزَقْنَـٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَـٰتِ وَفَضَّلْنَـٰهُمْ عَلَى ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Bani Isroilga kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni berdik, ularga pok narsalarni rizq qilib berdik va ularni olamlar ichida afzal qildik.Батаҳқиқ, Биз Бани Исроилга китобни, ҳукмни ва Пайғамбарликни бердик, уларга пок нарсаларни ризқ қилиб бердик ва уларни оламлар ичида афзал қилдик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Bani Isroil (qavmi)ga Kitob — Tavrot, hikmat va paygʻambarlik ato etdik va ularni halol-pok narsalardan rizqlantirdik hamda ularni (oʻz zamonlaridagi) barcha olamdan ustun qildik.Дарҳақиқат, Биз Бани Исроил (қавми)га Китоб — Таврот, ҳикмат ва пайғамбарлик ато этдик ва уларни ҳалол-пок нарсалардан ризқлантирдик ҳамда уларни (ўз замонларидаги) барча оламдан устун қилдик.

500-sahifa · 25-juz · 50-hizb500-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқءَاتَيْنَاBiz berdikБиз бердикبَنِىٓBaniБаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilgaИсроилгаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْحُكْمَva hukmniва ҳукмниوَٱلنُّبُوَّةَva Paygʻambarlikniва Пайғамбарликниوَرَزَقْنَـٰهُمva ularga rizq berdikва уларга ризқ бердикمِّنَ-dan-данٱلطَّيِّبَـٰتِpok narsalarпок нарсаларوَفَضَّلْنَـٰهُمْva ularni afzal qildikва уларни афзал қилдикعَلَىustidanустиданٱلْعَـٰلَمِينَolamlarоламлар
TafsirТафсир

Darhaqiqat, Alloh taolo Bani Isroilga ilohiy Tavrot kitobini berdi. Oʻsha kitob hukmi asosida yashashga buyurdi.

Soʻngra, Muso alayhissalomga tushirilgan Tavrot va berilgan shariatni davom ettirish uchun Bani Isroildan ketma-ket Paygʻambarlarni chiqardi.

«...ularga pok narsalarni rizq qilib berdik...»

Ularning yurti muqaddas yerlarda edi. U joylar pok va barakali yerlar edi. U joyda ular uchun pok rizqlar yetishardi.

«...va ularni olamlar ichida afzal qildik.»

Oʻz zamonasida, albatta, Bani Isroil oʻzgalardan afzal boʻlgan. Chunki, Tavrot ularga tushirilgan, Paygʻambarlar ulardan chiqqan.