QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jathiyah surasi · Oyatсураси · Оят17

وَءَاتَيْنَـٰهُم بَيِّنَـٰتٍ مِّنَ ٱلْأَمْرِ ۖ فَمَا ٱخْتَلَفُوٓا۟ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz ularga (din) ishi haqida ochiq-oydin bayonotlar berdik. Bas, ular o`zlariga ilm kelganidan so`ng o`zaro hasad-adovat qilibgina ixtilofga tushdilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.Ва Биз уларга (дин) иши ҳақида очиқ-ойдин баёнотлар бердик. Бас, улар ўзларига илм келганидан сўнг ўзаро ҳасад-адоват қилибгина ихтилофга тушдилар. Албатта, Роббинг қиёмат куни улар орасида ихтилоф қилган нарсалари ҳақида ҳукм чиқарур.Alauddin Mansour: Yana Biz ularga (din) ishlari haqida aniq-ravshan hujjatlar ato etdik. Bas, ular ixtilof qilmadilar, magar ularga (Biz tomonimizdan din haqida) ilm-hujjat kelganidan soʻng oʻzaro hasad-adovat qilishib (talashib-tortishdilar). Albatta Parvardigoringiz Qiyomat Kunida ularning oʻrtalarida ixtilof qilib oʻtgan narsalari haqida hukm qilur.Яна Биз уларга (дин) ишлари ҳақида аниқ-равшан ҳужжатлар ато этдик. Бас, улар ихтилоф қилмадилар, магар уларга (Биз томонимиздан дин ҳақида) илм-ҳужжат келганидан сўнг ўзаро ҳасад-адоват қилишиб (талашиб-тортишдилар). Албатта Парвардигорингиз Қиёмат Кунида уларнинг ўрталарида ихтилоф қилиб ўтган нарсалари ҳақида ҳукм қилур.

500-sahifa · 25-juz · 50-hizb500-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَاتَيْنَـٰهُمva ularga berdikва уларга бердикبَيِّنَـٰتٍۢochiq-oydin bayonotlarочиқ-ойдин баёнотларمِّنَ-dan-данٱلْأَمْرِ ۖ(din) ishi(дин) ишиفَمَاbas, emasбас, эмасٱخْتَلَفُوٓا۟ixtilofga tushdilarихтилофга тушдиларإِلَّاmagarмагарمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгمَاshukiшукиجَآءَهُمُularga keldiуларга келдиٱلْعِلْمُilmилмبَغْيًۢاhasad-adovat qilibҳасад-адоват қилибبَيْنَهُمْ ۚoʻzaroўзароإِنَّalbattaалбаттаرَبَّكَRobbingРоббингيَقْضِىhukm chiqarurҳукм чиқарурبَيْنَهُمْular orasidaулар орасидаيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматفِيمَاnarsalari haqidaнарсалари ҳақидаكَانُوا۟boʻlganбўлганفِيهِundaундаيَخْتَلِفُونَixtilof qilibихтилоф қилиб
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada diniy ilmni notoʻgʻri tomon burish qanday yuz bergani va uning oqibatlari haqida soʻz ketmoqda.

«Va Biz ularga (din) ishi haqida ochiq-oydin bayonotlar berdik.»

Alloh taolo Bani Isroilga yuborgan shariat ochiq-oydin, ravshan, gʻuborsiz, hech bir ixtilofsiz hamma amal etib ketaveradigan shaklda berilgan edi. Bani Isroil oʻsha shariatga ittifoq boʻlib amal qilmadilar.

«Bas, ular oʻzlariga ilm kelganidan soʻng oʻzaro hasad-adovat qilibgina ixtilofga tushdilar.»

Ilm kelmasidan avval ixtilof qilmay yurgan edilar. Ammo, oʻzaro hasad, adovatu nizo ularning ixtilof qilishlariga sabab boʻldi. Va bu ixtilof Bani Isroilning boshiga balo-ofatlar olib keldi. Ularning yer yuzidagi afzalliklari tugadi. Barcha ustunliklari botil boʻldi.

Ha, diniy ilmga hasad, nizo va oʻzaro adovat aralashsa, koʻplab musiybatlar keladi. Bani Isroil ham shunday boʻldi. Ularning ishi endi oxiratga qoldi.

«Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.»

Shunday qilib, zolimligi tufayli, Bani Isroil ichidan Paygʻambar chiqarish va ularga shariat yuborish toʻxtadi.

Ey Muhammad!