ثُمَّ جَعَلْنَـٰكَ عَلَىٰ شَرِيعَةٍ مِّنَ ٱلْأَمْرِ فَٱتَّبِعْهَا وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra Biz seni (din) ishida bir shariatga yo`lladik. Bas, unga ergash, bilmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma.Сўнгра Биз сени (дин) ишида бир шариатга йўлладик. Бас, унга эргаш, билмайдиганларнинг ҳавойи нафсларига эргашма.Alauddin Mansour: Soʻngra (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizni (din) ishidan bir shariat (aniq-ravshan yoʻl) ustida (barqaror) qildik. Bas, siz (faqat mana shu yoʻlga) ergashing va bilmaydigan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang!Сўнгра (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сизни (дин) ишидан бир шариат (аниқ-равшан йўл) устида (барқарор) қилдик. Бас, сиз (фақат мана шу йўлга) эргашинг ва билмайдиган кимсаларнинг ҳавойи нафсларига эргашманг!
Yaʼni, Bani Isroilning ishi, yuqorida aytilgandek, muvaffaqiyatsiz tamom boʻlganidan soʻng, Biz seni Islom shariatiga yoʻlladik.
«Bas, unga ergash...»
Yaʼni, Biz senga shariat qilib bergan narsaga ergash.
«...bilmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma.»
Allohdan boshqa kim qonun-qoida, yoʻl-yoʻriq koʻrsatsa, bilmasdan koʻrsatadi. Bilmaydiganlar esa, doimo oʻz havoyi nafslari boʻyicha ish tutadilar.