إِنَّهُمْ لَن يُغْنُوا۟ عَنكَ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۚ وَإِنَّ ٱلظَّـٰلِمِينَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ۖ وَٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, ular sendan Alloh tomonidan bo`ladigan hech bir narsani arita olmaslar. Va, albatta, zolimlar bir-birlariga do`stdirlar. Alloh taqvodorlarning do`stidir.Албатта, улар сендан Аллоҳ томонидан бўладиган ҳеч бир нарсани арита олмаслар. Ва, албатта, золимлар бир-бирларига дўстдирлар. Аллоҳ тақводорларнинг дўстидир.Alauddin Mansour: Chunki, (agar siz ularning havoyi nafslari koʻrsatgan zalolat yoʻliga yursangiz,) ular sizdan Alloh tomonidan boʻlgan biron narsani (azobni) qaytara olmaslar. Albatta zolimlar bir-birlariga doʻstdirlar. Alloh esa taqvodor zotlarning doʻstidir.Чунки, (агар сиз уларнинг ҳавойи нафслари кўрсатган залолат йўлига юрсангиз,) улар сиздан Аллоҳ томонидан бўлган бирон нарсани (азобни) қайтара олмаслар. Албатта золимлар бир-бирларига дўстдирлар. Аллоҳ эса тақводор зотларнинг дўстидир.
Yaʼni, albatta, oʻsha bilmaydigan, oʻz havoyi nafsi yoʻliga boshlaydiganlarning gapiga kirib, Allohning aytganidan yuz oʻgirsang, ular sendan Allohning hech bir azobini arita olmaydilar. Shuning uchun, sen ularning aytganiga zinhor yurma. Ular bilan yaqin ham boʻlma.
«...albatta, zolimlar bir-birlariga doʻstdirlar.»
Taqvodor odam hech qachon zolim–kofir bilan doʻst boʻlmaydi.
«Alloh taqvodorlarning doʻstidir.»
Bu doʻstlik bilan har qancha faxrlansa arziydi.