QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jathiyah surasi · Oyatсураси · Оят20

هَـٰذَا بَصَـٰٓئِرُ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu (Qur'on) odamlar uchun qalb ko`zlari, aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.Бу (Қуръон) одамлар учун қалб кўзлари, аниқ ишонадиган қавм учун ҳидоят ва раҳматдир.Alauddin Mansour: Ushbu (Qurʼon barcha) odamlar uchun (ravshan) koʻrsatmalardir va aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.Ушбу (Қуръон барча) одамлар учун (равшан) кўрсатмалардир ва аниқ ишонадиган қавм учун ҳидоят ва раҳматдир.

500-sahifa · 25-juz · 50-hizb500-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَـٰذَاbu (Qurʼon)бу (Қуръон)بَصَـٰٓئِرُqalb koʻzlaridirқалб кўзларидирلِلنَّاسِodamlar uchunодамлар учунوَهُدًۭىva hidoyatва ҳидоятوَرَحْمَةٌۭva rahmatdirва раҳматдирلِّقَوْمٍۢqavm uchunқавм учунيُوقِنُونَaniq ishonadiganаниқ ишонадиган
TafsirТафсир

Qurʼoni Karim odamlar uchun qalb koʻzidir. Kim Qurʼonga ishonsa, qalb koʻzi koʻradi. Qurʼondan uzoq kishining esa, qalb koʻzi koʻr boʻladi.

Qurʼoni Karim hidoyatdir. Kim unga amal etsa, hidoyatga yetadi. Qurʼondan uzoq odam esa, zalolatga ketadi.

Qurʼoni Karim rahmatdir. Kim unga iymon keltirsa, rahmatga erishadi. Undan uzoqlashgan odam esa, Allohning rahmatidan bebahra qoladi.

Ammo, Qurʼoni Karimning odamlarga qalb koʻzi, hidoyat va rahmat boʻlishi uchun bir shart bor–u ham boʻlsa, inson aniq ishonadigan qavmdan boʻlishi kerak. Aniq ishonadigan odamgina yoʻlini topib, ikkilanmasdan yuradi.

Qurʼoni Karim shunday odam uchun qalb koʻzi, hidoyat va rahmat boʻladi.

Demak, odamlar ikki guruhga–iymonlilar va iymonsizlarga, yaxshilik qiluvchilar va yomonlik qiluvchilarga boʻlinadilar. Iymon keltirib solih amal qiluvchilar bilan kofir boʻlib yomonlik kasb qilganlar orasida nima farq bor?