QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jathiyah surasi · Oyatсураси · Оят21

أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ ٱجْتَرَحُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن نَّجْعَلَهُمْ كَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ سَوَآءً مَّحْيَاهُمْ وَمَمَاتُهُمْ ۚ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga o`xshash qilmog`imizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo`lishini gumon qilsalar?! Ularning qilgan hukmi naqadar ham yomon!Наҳотки, ёмонликларни қилганлар уларни иймон келтириб, солиҳ амаллар қилганларга ўхшаш қилмоғимизни, ҳаётлари ҳам, мамотлари ҳам баробар бўлишини гумон қилсалар?! Уларнинг қилган ҳукми нақадар ҳам ёмон!Alauddin Mansour: Balki yomonlik-gunohlar kasb etgan kimsalar Biz ularni ham iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar kabi qilishimizni va hayotlari ham, mamotlari ham (yaʼni, dunyolari ham, Oxiratlari ham moʻminlar bilan) barobar boʻlishini oʻylagandirlar?! Naqadar yomon (notoʻgʻri) hukm qilurlar-a?!Балки ёмонлик-гуноҳлар касб этган кимсалар Биз уларни ҳам иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар каби қилишимизни ва ҳаётлари ҳам, мамотлари ҳам (яъни, дунёлари ҳам, Охиратлари ҳам мўминлар билан) баробар бўлишини ўйлагандирлар?! Нақадар ёмон (нотўғри) ҳукм қилурлар-а?!

500-sahifa · 25-juz · 50-hizb500-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْnahotkiнаҳоткиحَسِبَgumon qilsalarгумон қилсаларٱلَّذِينَkimsalarкимсаларٱجْتَرَحُوا۟qilganқилганٱلسَّيِّـَٔاتِyomonliklarniёмонликларниأَن-ni-ниنَّجْعَلَهُمْularni qilmogʻimizniуларни қилмоғимизниكَٱلَّذِينَoʻxshash kimsalargaўхшаш кимсаларгаءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarсолиҳ амалларسَوَآءًۭbarobarбаробарمَّحْيَاهُمْhayotlariҳаётлариوَمَمَاتُهُمْ ۚva mamotlariва мамотлариسَآءَnaqadar yomonнақадар ёмонمَاnarsaнарсаيَحْكُمُونَular hukm qilganулар ҳукм қилган
TafsirТафсир

Ushbu oyatda kofir va osiy kimsaning xayolidan oʻtadigan gumon inkor qilinmoqda. Kofirlar, bizning moʻminlardan qayerimiz kam, deb oʻylashlari, gumon qilishlari mumkin. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham moʻminlar bilan barobarlikni daʼvo etishlari mumkin. Bu daʼvo mutlaqo notoʻgʻridir.

«Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga oʻxshash qilmogʻimizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar boʻlishini gumon qilsalar?!»

Yomon ishlar qilgan kimsalarni Alloh taolo hech qachon iymon keltirib, solih amallar qilganlarga oʻxshatib qoʻymaydi. Ularning ikkovlarini bu hayotda ham, oxiratda ham barobar qilib qoʻymaydi. Barobar boʻlsa, adolat qolarmidi? Paygʻambar yuborish, kitob tushirish va dinni joriy qilishning keragi boʻlarmidi? Agar kofirlar bunday hukm qilayotgan boʻlsalar,

«Ularning qilgan hukmi naqadar ham yomon!»

Chunki: