وَخَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ وَلِتُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍۭ بِمَا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmonlaru yerni haq ila, har bir jon qilgan kasbiga yarasha, zulm qilinmagan holida jazosi (ajri)ni olishi uchun yaratgan.Аллоҳ осмонлару ерни ҳақ ила, ҳар бир жон қилган касбига яраша, зулм қилинмаган ҳолида жазоси (ажри)ни олиши учун яратган.Alauddin Mansour: Alloh osmonlar va Yerni (Oʻzining qudrati ilohiyasiga dalolat qilishi uchun) va har bir jon mazlum boʻlmagan hollarida oʻzlari qilgan amallari sababli jazolanishi uchun haq (qonun va nizom) bilan yaratdi.Аллоҳ осмонлар ва Ерни (Ўзининг қудрати илоҳиясига далолат қилиши учун) ва ҳар бир жон мазлум бўлмаган ҳолларида ўзлари қилган амаллари сабабли жазоланиши учун ҳақ (қонун ва низом) билан яратди.
Agar kofirlar gumon qilganlaridek, ular bilan moʻminlar barobar boʻladigan boʻlsalar, osmonlaru yerni Alloh taolo behudaga yaratgan boʻlib qolmaydimi? Har kim amaliga yarasha jazo yoki mukofotini olmasa–kofir kufri va zulmiga yarasha jazosini olmasa, moʻmin iymoni va solih amallariga yarasha mukofotini olmasa, zulm boʻlmaydimi? Ikkovlari barobar qilib qoʻyilsa, adolat qayerda qoladi?
Keyingi oyatlarda zalolatga ketganlarning adashish sabablari bayoni keladi: