أَفَرَءَيْتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَـٰهَهُۥ هَوَىٰهُ وَأَضَلَّهُ ٱللَّهُ عَلَىٰ عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَىٰ سَمْعِهِۦ وَقَلْبِهِۦ وَجَعَلَ عَلَىٰ بَصَرِهِۦ غِشَـٰوَةً فَمَن يَهْدِيهِ مِنۢ بَعْدِ ٱللَّهِ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayting-chi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib zalolatga solgan va qulog`iga hamda qalbiga muhr bosib, ko`ziga parda tortib qo`ygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?!Айтинг-чи, ҳавойи нафсини илоҳ қилиб олган, Аллоҳ уни билиб туриб залолатга солган ва қулоғига ҳамда қалбига муҳр босиб, кўзига парда тортиб қўйган кимсани Аллоҳдан бошқа ким ҳидоят қила оладир?! Эсламайсизларми?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), havoyi nafsini oʻziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yoʻldan ozdirib, quloq va koʻnglini muhrlab, koʻz oldiga parda tortib qoʻygan kimsani koʻrganmisiz? Bas, uni Alloh (yoʻldan ozdirgani)dan soʻng kim hidoyat qila olur?! Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ҳавойи нафсини ўзига «илоҳ» қилиб олган ва Аллоҳ уни билган ҳолида йўлдан оздириб, қулоқ ва кўнглини муҳрлаб, кўз олдига парда тортиб қўйган кимсани кўрганмисиз? Бас, уни Аллоҳ (йўлдан оздиргани)дан сўнг ким ҳидоят қила олур?! Ахир эслатма-ибрат олмайсизларми?!
Demak, zalolatga ketganlarning yoʻldan adashish sabablaridan biri havoyi nafslarini oʻzlariga iloh qilib olishlaridir. Ular Allohga emas, havoyi nafslariga ibodat etadilar. Ular Allohning aytganini emas, havoyi nafslarining aytganini qiladilar. Shundan keyin: «Alloh uni bilib turib zalolatga solgan...» boʻladi. Yaʼni, Alloh oʻsha odam havoyi nafsini oʻziga iloh qilib olgani bilgani uchun adashtiradi. «...va qulogʻiga hamda qalbiga muhr bosib...» qoʻyadi. Uning qulogʻi daʼvat gaplarini eshitmaydi. Qalbiga iymon, insof kirmaydigan boʻlib qoladi. «...koʻziga parda tortib qoʻygan...» boʻladi. U, ibratni koʻra olmaydi. Qani, ayting-chi, ana oʻshanday «kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?!» Albatta, hech kim hidoyat qila olmaydi. «Eslamaysizlarmi?!» Buni eslab, ibrat olib, oʻzlaringizni oʻnglamaysizlarmi? Ularning zalolatga ketib adashishlari sabablaridan yana biri shuki: