وَقَالُوا۟ مَا هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا يُهْلِكُنَآ إِلَّا ٱلدَّهْرُ ۚ وَمَا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «U (hayot) faqat bu dunyodagi hayotimizdir. O`lamiz, tirilamiz, bizni faqat zamon halok qiladi», derlar. Ularning bu haqda ilmlari yo`q. Ular faqat gumon qiladilar, xolos.Улар: «У (ҳаёт) фақат бу дунёдаги ҳаётимиздир. Ўламиз, тириламиз, бизни фақат замон ҳалок қилади», дерлар. Уларнинг бу ҳақда илмлари йўқ. Улар фақат гумон қиладилар, холос.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, Qiyomatni inkor qilguvchilar: «Hayot) faqat dunyodagi hayotimizdir. (Baʼzilarimiz) oʻlib, (boshqalarimiz) hayotga kelaveramiz va bizlarni (Alloh oʻldirmaydi, balki) faqat zamon (oʻtishi)gina oʻldiradi», dedilar. Ular faqat (shunday) gumon qilurlar, xolos.Улар (яъни, Қиёматни инкор қилгувчилар: «Ҳаёт) фақат дунёдаги ҳаётимиздир. (Баъзиларимиз) ўлиб, (бошқаларимиз) ҳаётга келаверамиз ва бизларни (Аллоҳ ўлдирмайди, балки) фақат замон (ўтиши)гина ўлдиради», дедилар. Улар фақат (шундай) гумон қилурлар, холос.
Bu oyati karimada kofirlarning hayot haqidagi tushunchalari tanqid etilmoqda.
«Ular: «U (hayot) faqat bu dunyodagi hayotimizdir...» – deydilar.
Ularning fikricha, inson hayoti juda ham qisqa. Mana shu besh kunlik dunyodagi sanoqli yillar yoki kunlaru soatlardan boshqa hayot yoʻq.
«Oʻlamiz, tirilamiz...»
Bir avlod oʻladi, ikkinchisi tugʻiladi. Hayot shunday davom etaveradi.
«...bizni faqat zamon halok qiladi», derlar.»
Yaʼni, zamon oʻtishi bilan yoki ulgʻayib odam vafot etadi. Bosh- qa narsa yoʻq, deydilar
Unday boʻlsa, yosh bolalarni kim oʻldiradi? Umuman, ular juda ham ahamiyatli masalada osongina hukm chiqarib qoʻydilar. Xoʻsh, bu gapni ular nima asosida aytdilar. Ularning bu gapni aytishga hujjat-dalillari, ilmiy asoslari bormi?
«Ularning bu haqda ilmlari yoʻq.»
Hujjat va dalillari ham yoʻq.
«Ular faqat gumon qiladilar, xolos.»
Ayni damda, gumonlarini haqiqat deb oʻylaydilar. Bular dahriylardir. Ular, bizni faqat dahr(zamon) oʻldiradi, deganlari uchun shu nomni olganlar. Ular, oʻlgandan keyin qayta tirilishni ham inkor etadilar.