وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا بَيِّنَـٰتٍ مَّا كَانَ حُجَّتَهُمْ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱئْتُوا۟ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilingan chog`da, ularning: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, ota-bobolarimizni keltiring-chi?!» – deyishdan boshqa hujjatlari bo`lmas.Уларга очиқ-ойдин оятларимиз тиловат қилинган чоғда, уларнинг: «Агар ростгўй бўлсангиз, ота-боболаримизни келтиринг-чи?!» – дейишдан бошқа ҳужжатлари бўлмас.Alauddin Mansour: Qachon ularga (qayta tirilish haqligi toʻgʻrisidagi) Bizning aniq-ravshan boʻlgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, ularning (bu oyatlarga qarshi) «hujjatlari» faqat: «Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, ota-bobolarimizni (tiriltirib) keltiringlar-chi», deyishlarigina boʻlur.Қачон уларга (қайта тирилиш ҳақлиги тўғрисидаги) Бизнинг аниқ-равшан бўлган оятларимиз тиловат қилинса, уларнинг (бу оятларга қарши) «ҳужжатлари» фақат: «Агар ростгўй бўлсангизлар, ота-боболаримизни (тирилтириб) келтиринглар-чи», дейишларигина бўлур.
Yaʼni, oxiratni inkor qiluvchi oʻsha kimsalarga oʻlgandan keyin qayta tirilish borligi haqidagi ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa, ular, agar oʻlgandan keyin tirilish bor, degan ushbu gapingiz rost boʻlsa, bizning oʻlib ketgan ota-bobolarimizni tiriltirib olib keling-chi, deydilar.
Ularning oʻlgandan keyin qayta tirilmaslik haqida bundan boshqa hujjatlari boʻlmaydi. Ularning bu gapi ham, oʻtgan oyatdagi gaplariga oʻxshab, hujjat va dalil asosidagi gap emas, yuzaki, tushunmasdan aytilgan gapdir.
Alloh taolo odam bolasiga bu dunyoda oxirati uchun zaxiyra toʻplab olishga imkon yaratib, hayot beradi. Oʻsha fursat tamom boʻlgandan soʻng odam oʻladi. Oʻlgandan keyin esa, hisob-kitob uchun tayinlangan vaqt kelguncha kutiladi. U vaqt kelgandagina odam qayta tiriltiriladi. Hisob-kitob qilinadi, mukofot yoki jazo beriladi. Tayin qilingan oʻsha vaqt kelguncha odamni qayta tiriltirishga hojat ham yoʻq, mumkin ham emas. Chunki, mantiqning taqozosi ham, umumiy qoida ham shu. Oʻzidan ketgan bir qancha kofirlar oʻlgan odamning qayta tirilishiga dalil-isbot soʻrashayotgan boʻlsalar,
ey Paygʻambar,