QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jathiyah surasi · Oyatсураси · Оят26

قُلِ ٱللَّهُ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يَجْمَعُكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Alloh sizlarni tiriltirur, so`ngra o`ldirur, so`ngra sizlarni (bo`lishida) shubha yo`q qiyomat kunida jamlar. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt.Сен: «Аллоҳ сизларни тирилтирур, сўнгра ўлдирур, сўнгра сизларни (бўлишида) шубҳа йўқ қиёмат кунида жамлар. Лекин одамларнинг кўплари билмаслар», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Alloh sizlarga hayot berur, soʻngra (ajallaringiz yetgach) oʻldirur, soʻngra sizlarni hech shak-shubhasiz, (keladigan) Qiyomat Kuniga toʻplar. Lekin odamlarning koʻplari (buni) bilmaslar»!Айтинг: «Аллоҳ сизларга ҳаёт берур, сўнгра (ажалларингиз етгач) ўлдирур, сўнгра сизларни ҳеч шак-шубҳасиз, (келадиган) Қиёмат Кунига тўплар. Лекин одамларнинг кўплари (буни) билмаслар»!

501-sahifa · 25-juz · 50-hizb501-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلِaytайтٱللَّهُAllohАллоҳيُحْيِيكُمْsizlarni tiriltirurсизларни тирилтирурثُمَّsoʻngraсўнграيُمِيتُكُمْsizlarni oʻldirurсизларни ўлдирурثُمَّsoʻngraсўнграيَجْمَعُكُمْsizlarni jamlarсизларни жамларإِلَىٰ-ga-гаيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматلَاyoʻqйўқرَيْبَshubhaшубҳаفِيهِundaундаوَلَـٰكِنَّva lekinва лекинأَكْثَرَkoʻplariкўплариٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Ular talab qilayotgan narsa oʻzlari bilan-ku, koʻz oldilarida turibdi-ku!

«Alloh sizlarni tiriltirur...»

Siz oʻzingiz ham oʻlik edingiz. Dunyoda hech bir asaringiz yoʻq edi. Alloh sizga hayot berib tiriltirdi va sizga oʻxshaganlardan qanchadan-qanchasini har lahzada tiriltirmoqda. Umuman yoʻq narsani bor qilib, unga hayot bermoqda. Shu ishni qilgan Zot bor narsani qayta tiriltira olmaydimi?!

«...soʻngra oʻldirur...»

Sizni yoʻqdan bor qilib, tiriltirib, hayot bergan zotning Oʻzi soʻngra sizni oʻldiradi ham. Har kuni, har lahzada qanchadanqanchangizni oʻldirmoqda. Demak, hayot ham, oʻlim ham Alloh taoloning ixtiyori ila boʻladi. Mazkur ishlarni qilgan Zot:

«...soʻngra sizlarni (boʻlishida) shubha yoʻq qiyomat kunida jamlar».

Ana oʻsha qayta tirilishingizdir. Bu ishlar Alloh taolo uchun juda ham oson.

«Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar», deb ayt.»

Ammo, ular bilmagani uchun ish oʻzgarib qolmaydi.