وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ يَخْسَرُ ٱلْمُبْطِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Soat(qiyomat) qoim bo`ladigan kunda, o`sha kunda botilchilar ziyon torturlar.Ва осмонлару ернинг мулки Аллоҳникидир. Соат(қиёмат) қоим бўладиган кунда, ўша кунда ботилчилар зиён тортурлар.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi bor mulk Allohnikidir. (Qiyomat) soati qoyim boʻladigan kunda — ana oʻsha kunda buzgʻunchi kimsalar ziyon torturlar!Осмонлар ва Ердаги бор мулк Аллоҳникидир. (Қиёмат) соати қойим бўладиган кунда — ана ўша кунда бузғунчи кимсалар зиён тортурлар!
Dunyodagi hamma narsalar Alloh taoloning mulkidir. U zot mulkida xohlaganicha tasarruf qiladi. Xohlasa, oʻldiradi, xohlasa, qayta tiriltiradi, xohlasa, boshqa ish qiladi. U zotni birov cheklay olmaydi, ishiga aralasha bilmaydi. Lekin bir narsa aniqki, qiyomat kuni botil ishlarni qiluvchilar ziyon tortadilar.
Oʻsha kunda: