وَتَرَىٰ كُلَّ أُمَّةٍ جَاثِيَةً ۚ كُلُّ أُمَّةٍ تُدْعَىٰٓ إِلَىٰ كِتَـٰبِهَا ٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir ummatni tiz cho`kkan holida ko`rursan. Har bir ummat o`z nomai a'moliga chaqirilur: «Bugungi kunda qilib yurgan amallaringizning jazosi (ajri)ni olursiz».Ҳар бир умматни тиз чўккан ҳолида кўрурсан. Ҳар бир уммат ўз номаи аъмолига чақирилур: «Бугунги кунда қилиб юрган амалларингизнинг жазоси (ажри)ни олурсиз».Alauddin Mansour: (U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirob-la) tiz choʻkkan holda koʻrarsiz. Har bir ummat oʻz nomai-aʼmoliga chaqirilur, (soʻng ularga deyilur): «Bugun qilib oʻtgan amallaringiz bilan jazolanursizlar.(У Кунда) барча умматни (даҳшат ва изтироб-ла) тиз чўккан ҳолда кўрарсиз. Ҳар бир уммат ўз номаи-аъмолига чақирилур, (сўнг уларга дейилур): «Бугун қилиб ўтган амалларингиз билан жазоланурсизлар.
Yaʼni, qiyomat kunining dahshati kuchliligidan u kuni har bir ummatning darmoni qurib, choʻkkalanib qolgan holda, yaʼni ojizu bechora boʻlib turadilar. «Har bir ummatni tiz choʻkkan holida koʻrursan.» Oʻsha kunda har bir ummatga, har bir shaxsga bu dunyoda qilgan amallari yozib borilgan kitob koʻrsatiladi. «Har bir ummat oʻz nomai aʼmoliga chaqirilur...» Shu bilan birga, ularga: «Bugungi kunda qilib yurgan amallaringizning jazosini (ajrini) olursiz», (deyilur). Yaʼni, har kim qilganiga yarasha topadi. Yana gapda davom etilib: