وَإِذَا قِيلَ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَٱلسَّاعَةُ لَا رَيْبَ فِيهَا قُلْتُم مَّا نَدْرِى مَا ٱلسَّاعَةُ إِن نَّظُنُّ إِلَّا ظَنًّا وَمَا نَحْنُ بِمُسْتَيْقِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Vaqtiki: «Albatta, Allohning va'dasi haqdir va soat (qiyomat)da shubha yo`qdir», deyilsa, «Soat(qiyomat) nima ekanini bilmasmiz. Biz faqat gumon qilamiz, xolos. Biz aniq ishonguvchi emasmiz», dedingiz» (deyilur).Вақтики: «Албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир ва соат (қиёмат)да шубҳа йўқдир», дейилса, «Соат(қиёмат) нима эканини билмасмиз. Биз фақат гумон қиламиз, холос. Биз аниқ ишонгувчи эмасмиз», дедингиз» (дейилур).Alauddin Mansour: Qachon (sizlarga): «Darhaqiqat, Allohning vaʼdasi rostdir, (Qiyomat) soati shak-shubhasiz, (kelguvchidir)», deyilsa, sizlar: «Biz u soat nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz, xolos. Biz (Qiyomat soati kelishiga) aniq ishonguvchi emasmiz», dedinglar.Қачон (сизларга): «Дарҳақиқат, Аллоҳнинг ваъдаси ростдир, (Қиёмат) соати шак-шубҳасиз, (келгувчидир)», дейилса, сизлар: «Биз у соат нима эканини билмаймиз, фақат гумон қиламиз, холос. Биз (Қиёмат соати келишига) аниқ ишонгувчи эмасмиз», дединглар.
Mana endi holingizga nima boʻldi? Allohning vaʼdasi haq ekanmi? Qiyomat qoim boʻlar ekanmi? U haqidagi gaplaringiz gumondan boshqa narsa emasligini bildingizmi?