QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jathiyah surasi · Oyatсураси · Оят37

وَلَهُ ٱلْكِبْرِيَآءُ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi ulug`lik Unikidir. U zot Aziyzu Hakiymdir.Осмонлару ердаги улуғлик Уникидир. У зот Азийзу Ҳакиймдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi barcha buyuklik yolgʻiz Unikidir! U qudrat va hikmat Sohibidir!Осмонлар ва Ердаги барча буюклик ёлғиз Уникидир! У қудрат ва ҳикмат Соҳибидир!

502-sahifa · 25-juz · 50-hizb502-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَهُva Unikidirва Уникидирٱلْكِبْرِيَآءُulugʻlikулуғликفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۖva yerва ерوَهُوَva U zotва У зотٱلْعَزِيزُazizdirазиздирٱلْحَكِيمُhakimdirҳакимдир
TafsirТафсир

«Josiya» surasiga xotima yasovchi ushbu ikki oyati karimada Alloh taoloning Oʻziga mos hamdu sano, maqtov aytilmoqda va U zotni ulugʻlik sifatlari ila Oʻziga xos ravishda sifatlanmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, sura ichida zikri kelgan, kofir va mushriklar tomonidan Alloh taologa, Uning Paygʻambariga, Uning diniga, Kitobiga, Qiyomat kuniga, qayta tirilishga va boshqa narsalarga til tekkizishga oʻziga xos raddiyadir.

«Bas, barcha hamd osmonlarning Robbiga, yerning Robbiga va olamlarning Robbigadir.»

Ha, barcha hamd, hamma hamd, dunyoda qancha maqtov boʻlsa, hamma- hammasi Alloh taologadir,

«…osmonlarning Robbiga…», dir.

U zot aynan osmonlarning Robbi boʻlgani uchun ham oʻsha hamdga, maqtovga sazovordir.

Ha, barcha hamd, hamma hamd, dunyoda qancha maqtov boʻlsa, hamma- hammasi Alloh taologadir,

«…yerning Robbiga…»dir.

U zot aynan yerning Robbi boʻlgani uchun ham oʻsha hamdga, maqtovga sazovordir.

Ha, barcha hamd, hamma hamd, dunyoda qancha maqtov boʻlsa, hamma- hammasi Alloh taologadir,

«…olamlarning Robbigadir».

U zot aynan olamlarning Robbi boʻlgani uchun ham oʻsha hamdga, maqtovga sazovordir.

Ha, barcha hamd, hamma hamd, dunyoda qancha maqtov boʻlsa, hamma- hammasi Alloh taologadir. Chunki,

«Osmonlaru yerdagi ulugʻlik Unikidir».

Ha, barcha hamd, hamma hamd, dunyoda qancha maqtov boʻlsa, hamma- hammasi Alloh taologadir. Chunki,

«U zot aziyzu hakiymdir».