QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят2

تَنزِيلُ ٱلْكِتَـٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitob tushirilishi Folib va hikmatli Alloh tarafidandir.Китоб туширилиши Fолиб ва ҳикматли Аллоҳ тарафидандир.Alauddin Mansour: (Bu Qurʼon) qudratli va hikmatli Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir.(Бу Қуръон) қудратли ва ҳикматли Аллоҳ томонидан нозил қилинган Китобдир.

502-sahifa · 26-juz · 51-hizb502-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَنزِيلُtushirilishiтуширилишиٱلْكِتَـٰبِKitobningКитобнингمِنَ-dandir-дандирٱللَّهِAllohАллоҳٱلْعَزِيزِGʻolibҒолибٱلْحَكِيمِhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

Yaʼni, bu kitobni, kofirlar daʼvo qilayotganidek, Muhammad oʻzi toʻqib olgani yoʻq yoki boshqa biror masdardan olingani yoʻq. Qurʼonning masdari yagona Allohdir. Ha, U zotning Oʻzidir. Kitobning biror harfida na Paygʻambarning va na farishtaning va na boshqa biror zotning hissasi yoʻq. Mushriklar aytayotganidek, Muhammad alayhissalom shoir ham, sehrgar ham emaslar, yolgʻiz Allohning elchisidirlar, xolos. Qurʼondek ojiz qoldiruvchi kitobning egasi boʻlgan Zot koʻzingizga koʻrinib turgan, qalbingiz idrok etib turgan «borliq» deb atalmish Kitobning, ham egasidir.