مَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَمَّآ أُنذِرُوا۟ مُعْرِضُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerni hamda ular o`rtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar bo`lsa, o`zlari ogohlantirilgan narsadan yuz o`giruvchilardir.Осмонлару ерни ҳамда улар ўртасидаги нарсаларни фақат ҳақ ва белгиланган муддат ила яратдик. Кофирлар бўлса, ўзлари огоҳлантирилган нарсадан юз ўгирувчилардир.Alauddin Mansour: Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi narsalarni faqat haq (qonun) (Qiyomat Kunigacha) belgalangan muddat bilan yaratdik. Kofir boʻlgan kimsalar esa oʻzlari ogohlantirilgan narsadan (yaʼni, Oxiratdagi azobdan) yuz oʻgiruvchidirlar (uni inkor qilguvchidirlar).Биз осмонлар ва Ерни ҳамда уларнинг ўртасидаги нарсаларни фақат ҳақ (қонун) (Қиёмат Кунигача) белгаланган муддат билан яратдик. Кофир бўлган кимсалар эса ўзлари огоҳлантирилган нарсадан (яъни, Охиратдаги азобдан) юз ўгирувчидирлар (уни инкор қилгувчидирлар).
Qurʼonni hikmat ila nozil qilgan gʻolib va qudratli Alloh osmonlaru yerni hamda ularning orasidagi narsalarni ham haq ila, hikmat ila yaratgan.
«Osmonlaru yerni hamda ular oʻrtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik.»
Ushbu maxluqotlar Allohning qudrati va hikmatidan bir koʻrinish hisoblanadi. Shu bilan birga, Alloh taolo ularni daqiq oʻlchov bilan muayyan vaqtgacha turadigan qilib yaratgan. Vaqti kelganda shu yaratishdan boʻlgan hikmat va koʻzlangan gʻoya yuzaga chiqadi.
Uslubi, hidoyati, hukmlari ila barcha insonlarni qondiruvchi va toʻgʻri yoʻlga boshlaguvchi Qurʼon ham va yaratilishining oʻziyoq ulugʻlik, hikmat va tadbirkorlik alomati boʻlmish «borliq» deb atalgan kitob ham, har ikkalasi Allohning borligiga, qudratiga, hikmatiga yorqin dalil boʻlishiga qaramay, kofirlar oʻzlari ogohlantirilgan narsadan yuz oʻgirdilar.
«Kofirlar boʻlsa, oʻzlari ogohlantirilgan narsadan yuz oʻgiruvchilardir.»
Nima uchun ular oʻylab koʻrmaydilar? Nima uchun Qurʼonning maʼnolarini chaqib koʻrmaydilar? Nima uchun atroflarini oʻrab turgan borliqdagi barcha narsalardan ibrat olmaydilar? Osmonlaru yer va ularning orasidagi boshqa maxluqotlarga ibrat nazari bilan qarasalar, bularning barchasi oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmagani, balki qudratli va hikmatli Zot tarafidan yaratilganini bilishar edi-ku!
Ular esa, boʻlar-boʻlmas narsalarga sigʻinib, ibodat qilib yuribdilar.
Keyingi oyatda Qurʼon arab mushriklarining butu sanamlarga sigʻinib, Allohga shirk keltirayotganlarini inkor etib, shunday deydi:
Ey Paygʻambar!